Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 mingga yaqin qurbon, Turkiya uchun yordam va chetda qolayotgan Suriya. Zilzilaning to‘rtinchi kunidagi asosiy ma’lumotlar
Suriya shimoli-g‘arbida muxolif kuchlar nazoratidagi Idlibga ilk insonparvarlik yordami endi yetib keldi.

Foto: Petros Giannakouris / AP / Scanpix / LETA
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya va Suriyada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 700 dan oshdi. Turkiya hukumatining 9 fevral kuni bergan so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 16 546 kishi halok bo‘lgan (yana 66 mingdan oshiq kishi jarohat olgan). Suriyada esa mahalliy rasmiylar va huquq faollari ma’lumotlariga ko‘ra, 3 247 kishi halok bo‘lgan (yana kamida besh ming kishi yaralangan). Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti zilzila oqibatlari chetlab o‘tmagan insonlar sonini 23 million kishiga baholagan; shundan 1,4 million nafari bolalar.
Qurbonlar orasida kamida bir nafari o‘zbekistonlik. Turkiyada ish olib borayotgan O‘zbekiston FVV bo‘linmalari Hatay viloyatida bir o‘zbekistonlikning jasadi topilgani haqida xabar bergan, 13 nafar bedarak ketgan o‘zbekistonlik qidirilmoqda. O‘zbekistonlik qutqaruvchilar shu vaqtgacha xarobalar ostidan 13 kishini tirik holda qutqarishgan, 50 kishining jasadini topishgan. O‘zbekistonga qaytgan bortda 11 o‘zbekistonlik olib kelingan.
6 fevral tongida ro‘y bergan 7,8 magnitudali yer silkinishi so‘nggi 10 yillikda dunyoda ro‘y bergan eng yirik zilzila bo‘ldi. Turkiya rasmiylariga ko‘ra, birinchi zilzila epimarkazi Suriya bilan chegara yaqinidagi G‘oziantep shahridan shimoli-g‘arbda joylashgan. Shu kuni kun davomida yana o‘nlab aftershoklar kuzatildi, kunning ikkinchi yarmida esa G‘oziantepdan shimolroqda, Qahramonmarash shahri yaqinida 7,5 balli ikkinchi zilzila ro‘y berdi. Zilzilalardan keyin 1200 dan ortiq aftershoklar kuzatildi.
Suriya va Turkiyaga dunyoning 19 mamlakatidan 80 mingdan oshiq qutqaruvchilar yordam uchun yo‘l oldi (jumladan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridan ham). Ammo shunga qaramay, qutqaruvchilar yetishmayapti, ularning ishini esa sovuq va qorlar qiyinlashtirmoqda. Zilziladan keyin 72 soatdan ortiq vaqt o‘tdi, bu omon qolganlarni qidirib topish uchun muhim bo‘lgan «oltin davr» hisoblanadi, ammo hamon xarobalar ostidan omon qolganlar olib chiqilmoqda. Xususan, Qahramonmarash shahrida 80 soat davomida vayronalar ostida qolib ketgan to‘qqiz yoshli qiz va uning otasi qutqarildi. Jahon nashrlarida keng tarqalgan yana bir qutqarish holati — Suriyada xarobalar ostidan kindigi uzilmagan chaqaloqning olib chiqilishi bo‘ldi, uning onasi zilzila oqibatida halok bo‘lgan.
Video shows a child born under ruins in Kurdish city of #Jindiris in #Efrin. #syria pic.twitter.com/ajXZGx7MOB
— Afshin Ismaeli (@Afshin_Ismaeli) February 6, 2023
Turkiya hukumati sekin harakat qilgani va qurilish ishlari sifatsizligi uchun tanqidga uchramoqda. Bu fonda mamlakatda tvitterga kirish vaqtincha cheklandi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hukumat 13,5 million kishi yashaydigan katta hududlarda sezilgan zilzila oqibatlariga qarshi kurashish uchun barcha kuchlarni safarbar qilgani haqida ma’lum qildi. «Albatta, kamchiliklar bo‘ldi. Bunday ofatga oldindan tayyor bo‘lishning imkoni yo‘q edi», — degan Erdo‘g‘an. OAVning qaytishicha, zilzila uning may oyida o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
10 yildan oshiq vaqt davomida fuqarolik urushi qamrab olgan Suriyada yanada og‘ir vaziyat yuzaga kelgan. Bu yerda Bashar Asad hukumati nazorat qiladigan hududlar ham, unga muxolif kuchlar nazoratida bo‘lgan hududlar ham tabiiy ofatdan jabrlangan. Zilziladan eng ko‘p darajada talafot ko‘rgan mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlarida infratuzilmalar vayron bo‘lgani, yonilg‘i yetishmasligi, ichimlik suvi tanqisligi - buning natijasida vabo tarqalgani tufayli bungacha ham gumanitar inqiroz yuzaga kelgandi. Endi bularga xarobalarni tozalash uchun talab etiladigan og‘ir texnikalar yetishmovchiligi qo‘shildi, qolaversa, gumanitar yordam yetkazishning deyarli imkoni yo‘q: bunga rasmiy Damashqqa nisbatan qo‘yilgan sanksiyalar va zilzila tufayli aloqa yo‘llari vayron bo‘lgani sabab bo‘lmoqda. Natijada BMTning ilk gumanitar karvoni Asad hukumati nazorat qilmaydigan hududga faqat 9 fevralga kelib yetib keldi. Payshanba kuni Turkiya bilan chegaradagi Bob al-Hava nazorat-o‘tkazish punkti orqali Idlibga ilk yordam o‘tgan. Turkiya hukumati chegaradagi yana ikkita punktni ochishni va’da qilgan. «Dunyoning istalgan nuqtasida bu favqulodda holat bo‘lishi mumkin edi. Suriyada yuz bergan bu voqea esa favqulodda vaziyat ichidagi favqulodda vaziyatdir», degan «Xalqaro qutqaruv qo‘mitasi» vakili Mark Kayye.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01
-
Prezidentning Jizzaxga tashrifi, ijtimoiy obektlarning geoportali, shahodatnomadagi baholarning imtihonda inobatga olinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
Mavzuga oid

13:00
Erdo‘g‘an Turkiyaning YeIga integratsiyasini tezlashtirishni talab qildi

18:32 / 21.07.2025
Turkiyaning ayrim hududlarida vabo qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar topildi

14:53 / 20.07.2025
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi

19:20 / 19.07.2025