6 dekabrga ötar keçasi soat 2:04 da Özbekiston hududida yer qimirladi. Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga köra, zilzila öçoği Namangan viloyati Pop tumanida joylaşgan.

Episentrda seziliş kuçi: 5 ball, magnituda: 4,5, çuqurlik: 17 km. Episentrdan Toşkent şahrigaça masofa 135 kilometrni taşkil etadi.

Yer silkinişi respublikaning quyidagi hududlarida sezilgan:

  • Namangan viloyati: 3 ball, 77 km;
  • Farğona viloyati: 2–3 ball, 104 km;
  • Andijon viloyati: 2 ball, 129 km;
  • Toşkent şahri va viloyati: 2 ball, 135 km;
  • Sirdaryo viloyati: 2 ball, 173 km.

FVV esa mazkur hududlarda seziliş kuçi 2–3 ballni taşkil etgani, talafotlar yöqligini ma’lum qildi.

3 dekabrga ötar keçasi ham Qirğizistonning Jalolobod viloyatida röy bergan zilzila (5 ball) kuçi Namangan viloyati hududida 2 ball bilan sezilgandi.