U hozir AQŞdagi KPA Enginners kompaniyasida suv resurslari va gidrologiya muhandisligi böyiça texnik direktor bölib işlaydi.
Asqarali Karimov suv va oqova suvlarni tozalaş inşootlarini gidrologik va gidravlik modellaştiriş, baholaş, tekşiriş, loyihalaş, quriş, foydalaniş va texnik xizmat körsatiş böyiça katta bilim va tajribaga ega. YouTube’dagi «AyubRecords» loyihasida Karimov sayyoradagi suvning bugungi ahvoli, nima qilsak jamiyat rivojlanişi mumkin, tabiatni nima uçun seviş kerakligi haqida gapirgan.
«Burgutni öldirganda 10 yil beriladi»
— 70 yillarda Amerikada sanoat korxonalari rivojlanib köpaya boşlagaç, ulardan çiqqan turli çiqindilar daryolarga taşlangan. Natijada daryolar ifloslanişi kuzatilgan. Şundan keyin Amerika tabiat, atrof-muhitni himoya qiliş qonunlarini qabul qila boşlagan. Bundan taşqari, 60 yillarda dalalardagi hosillarga haşarotlarni öldiriş uçun köp miqdorda zaharli moddalar sepilgan.
Bald eagle — Amerikaning timsoli sanalgan burgut, uni öldirganlar 10 yilga qamaladi — öşa siçqon bilan oziqlangan. Zaharli moddalar esa burgut tuxumini mörtlaştirib yuborgan. Natijada burgutlar qirila boşlagan. Bu narsani Riçal Karson özining «Silent spring» kitobida yozib, isbotlab bergandan keyin butun Amerika qonunlari özgargan. Şu voqea sabab 70 yillarda Amerikada tabiat va suv muhofazasiga oid yana bir qança qonunlar qabul qilingan. Butun insoniyat tabiatni asramasdan yaşab bölmasligini tuşunib bölgan. Har bir qilayotgan harakatimiz tabiatga albatta ta’sir qiladi.
Davlat qurmaydi, nazorat qiladi
— Texas ştatining 83 foiz yer maydoni şaxsiy mulk. Davlat degan narsa yöq. Hamma narsani xususiy sektorlar quradi. Davlat degani şunaqa bölişi kerak. Qoidalarni işlab çiqadi, xususiy sektor qilayotgan infratuzilma norma darajasidami yoki yöqmi şuni nazorat qiladi. Xususiy sektor esa öşa qoidalarga amal qilib işini qiladi.
Yuqori kuçlanişli elektr simlari ustunlari osti böm-böş qilib qöyiladi. Ikki tomoni ham töla uy, lekin öşa elektr simlari ötgan hudud elektr tarqatuvçi taşkilotning mulki hisoblanadi.
Masalan, men şu joydan yöl ötkazişim uçun ham ulardan ruxsat olişim kerak. Umuman hamma odamlarning harakati ştatni rivojlantirişga qaratilgan. Lekin hammasi qonunlar doirasida bölişi kerak. Şuningdek, şaharning yozib qöyilgan qoidalari bor, injyenerlik işlari, dizaynlar hammasi öşa asosida ketadi.

















