Toşkent şahrida elektr energiya ta’minotini barqarorlaştiriş maqsadida Xitoydan köçma nimstansiyalar keltiriladi, ulardan statsionar nimstansiyalarni ta’mirlaş paytida foydalaniladi. Bu haqda energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Hozir enegetika sohasida Xitoy bizning eng yirik ham investitsion hamkorimiz, ham texnologik hamkorimizdir. Sababi, Xitoydan nafaqat investitsiya kirib kelyapti, balki xorijiy davlatlardan amalga oşirilayotgan energetika yönalişidagi asosiy texnologik uskunalarning deyarli barçasi Xitoydan yetkaziladi. Ya’ni bu hozirgi kunda Xitoydagi uşbu yönalişda eng zamonaviy texnologiyalar bor, degani», dedi energetika vaziri.
U Xitoy bilan yangi yönalişda, gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari (GAES) quriş loyihasi böyiça ham kelişuvga erişilganini ma’lum qildi.
GAES – litiy-ionli batareyali saqlaş tizimi bölib, GESlardan çiqarilayotgan suvni qaytadan suv omboriga yiğib, kerakli paytda yana oqizib, elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyatini beruvçi texnologiyadir.

















