Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm xizmatlari sifatini yaxshilashga doir ta’lim loyihasi amalga oshiriladi
Poytaxtda Germaniyaning «O‘zbekistonda turizm va mehmondo‘stlikni rivojlantirish loyihasi» taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov so‘nggi yillarda turizm sohasi jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
- Maqsadimiz - turizmda xizmat ko‘rsatish sohasini yangi bosqichga olib chiqish, turizm sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, ko‘lamini kengaytirish, - dedi Ulug‘bek A’zamov. - Germaniya va O‘zbekiston otelerlar uyushmasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha mehmonxona boshqaruvi sifatini yangi bosqichga olib chiqish va O‘zbekistonda mehmonxona boshqaruvida Germaniya tizimini joriy qilishga qaratilgan. O‘ylaymanki, bu 2023 yildagi asosiy yo‘nalishlarimizdan biri bo‘ladi.
Germaniya elchisi Tilo Klinner taqdim qilinayotgan loyiha O‘zbekiston uchun juda muhim ekanligini qayd etdi.
- O‘zbekiston o‘z madaniyati, qadriyatlari, obidalari bilan Yevropa, xususan, Germaniya fuqarolarini ham o‘ziga jalb qilmoqda, - dedi elchi. - Bu jarayonda esa turizm sohasida sifatli ta’limni oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sifatli ta’lim turizm sohasiga kirib kelayotgan yosh kadrlarga kerakli ko‘nikma va tajriba to‘plashga imkoniyat yaratadi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026