13 fevral kuni Afg‘onistonda ikkita yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
13 fevral Toshkent vaqti bilan soat 06:09 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 36,22 gradus shimoliy kenglik; 71,22 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,7. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 587 km janubiy-sharqda.
Shuningdek, Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 13 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:17 da Afg‘onistonda yana bir zilzila sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 36,84 gradus shimoliy kenglik; 70,99 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,2. Chuqurlik 142 km. Zilzila episentri Toshkentdan 515 km janubiy-sharqda.
10 fevral kuni Afg‘oniston va Qirg‘izistonda 4,2 hamda 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.