Miçigan ştatidan Kongress a’zosi bölgan (demokrat) Elissa Slotkin obekt yakşanba kuni AQŞ Harbiy-havo kuçlari va Milliy gvardiya samolyotlari tomonidan urib tuşirilganini ma’lum qildi. «Uşbu missiyada iştirok etgan har bir kişi öz işini ajoyib darajada bajardi», deya yozgan u tvitterda.

Wall Street Journal naşri Kanada hukumati vakiliga tayanib yozişiça, obekt özaro çegaradan taxminan 14 milya (22,5 km) masofada urib tuşirilgan.

Kongress yordamçilaridan birining sözlariga köra, obekt sakkizburçak şaklida bölgan va 20 000 fut (6 kilometrdan köproq) balandlikda harakatlangan, bu esa tijoriy samolyotlar parvoziga xavf tuğdirardi. 

Pentagon urib tuşirilgan obekt harbiy nuqtayi nazardan xavfli bölgan deb hisoblamaydi, ammo amerikalik harbiylar u razvedka maqsadlarida foydalanilgan bölişi mumkinligini öylaşmoqda.

Öz navbatida, Miçigan ştatidan Vakillar palatasining yana bir a’zosi, respublikaçi Jyek Bergman tvitterida amerikaliklar sönggi paytlarda sodir bölgan qator voqealar bilan boğliq savollarga javob kutayotganini yozdi.

Şimoliy Amerika ustida urib tuşirilgan obektlar

  • 4 fevral: Amerikalik harbiylar Janubiy Karolina sohillari yaqinida razvedka işlari olib borayotgani taxmin qilingan havo şarini urib tuşirdi. AQŞdagi mulozimlarning sözlariga köra, bu jism bir neça kun davomida Amerika hududida bölgan, Xitoydan kelgan va strategik obektlarni kuzatgan.
  • 10 fevral: AQŞ yana bir obektni urib tuşirdi – Alyaskaning şimoliy qismida. Rasmiylarning xabar berişiça, unda qandaydir dvigatel yoki boşqaruv tizimi bölmagan.
  • 11 fevral: Qiruvçi samolyot Amerika çegarasidan taxminan 160 km masofada, Yukon ustida, Kanada havo kengligida «ança yuqorida harakatlangan» obektga zarba berdi. Uni dastlabki havo şaridan ança kiçik hajmdagi silindrsimon obekt deb tasvirlangan.
  • 12 fevral: Amerika qiruvçi samolyoti Guron köli atrofida törtinçi nişonni urib tuşirdi.

Hozirga qadar Guron köli ustida urib tuşirilgan obekt dam oliş kunlaridagi boşqa hodisalar bilan aloqadorligini ma’lum emas, ammo Federal aviatsiya boşqarmasi Mudofaa vazirligi amaliyotlarini qöllab-quvvatlaş uçun avvaliga Montana ştati hududida, keyin esa Miçigan köli ustida havo kengligini fuqarolik parvozlari uçun vaqtinça yopdi.

Keyinroq havo kengliklari yana oçilgan.

Juma kuni prezident Jo Bayden Alyaska ustida «kiçik avtomobil hajmidagi» noma’lum uçar jismni urib tuşirişga buyruq bergandi. Hozirgaça uning mansubligi va funksiyalari haqida ma’lumot berilmadi.