Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda shifokorlar o‘zaro janjallashib, bir-biriga tan jarohati yetkazdi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumani Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasidagi janjal aks etgan videomaterial tarqaldi.
Videoda bir necha tibbiyot xodimlarining qonga belangani va boshqalari ularga yordam ko‘rsatayotgani tasvirlangan.
Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 2 fevral kuni sodir bo‘lgan. Chelak shifoxonasining rejali xirurgiya bo‘limida xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik sabab janjal kelib chiqqan.
Janjalda hamkasblariga tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan A.N.ga nisbatan Payariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan ham o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:05 / 16.11.2025
Toza havoga boj va shifokorlarga imtiyozlar - hafta dayjesti
10:55 / 09.10.2025
Tobutda qaytgan orzular: muhojir yigitning qissasi
18:46 / 29.09.2025
Samarqandda hamshira tug‘uruqxonadan chaqaloq o‘g‘irlab chiqib sotib yubordi
14:28 / 05.08.2025