(Hikoyada ötgan asrning saksoninçi yillarida Jizzaxda sodir bölgan voqea tilga olinadi. U davrda örtaça oylik maoş 80 söm, yaxşi bir qöy 150 söm atrofida bölgan).

Döstim Erali payşanba kuni işdan keyin şunday dedi:

– Men direktordan ertangi kun uçun javob söradim. Keça otamning bir qöyi yöqolib qolgan edi. Bugun izlab topişolmabdi. Ertaga barça qarindoşlar birga qidiradigan böldik.

Uyga yetib borgunça ham döstimning sözlari hamon quloğimda edi. Bunga sabab yöqolgan bir dona qöyni topiş uçun şunça odam ovora bölayotgani meni hayron qoldirgandi. Öğil sifatida döstim Erali ham otasiga yöqolgan qöyni topişga kömaklaşişi tabiiy holdek körinsa-da, qöl ostida öttiz nafar xodim işlayotgan, har kuni ön minglab qöy sotib olişga yetadigan pullarni u hisobdan bu hisobga ötkazuvçi boş hisobçining dalama-dala yurib qöy izlaşi, menga juda eriş tuyulayotgan edi. Ertasi kuni keçda bir nikoh töyining bazmida ötirsak, boşlovçi e’lon borligini aytib qoldi. Hamma huşyor tortib e’longa quloq osdi.

– Uç kun burun Alibek otaning bir qöyi yöqolganidan hammangizning xabaringiz bor. Haligaça öşa qöy topilmadi. Ertaga qöyni qidirişga birga çiqib, qöyni topganga öşa qöy yoki ikki qöçqor mukofotga beriladi. Qidirişga çiqqan barçaga beş sömdan pul beriladi. Soat oltida maktabning oldida yiğilamiz.

Dona-dona qilib aytilgan e’lonning barça sözini aniq eşitgan bölsam-da, quloqlarimga işonmasdim. Odatda yöqolgan qöy yoki eçki ikki kun qidiriladi. Keyin qidirişdan foyda yöq. Çunki ikki kun içida qarovsiz qolgan qöy yoki eçkini böri yoki şoqollar yeb ketişi kunday ravşan. Alibek ota esa uç kun burun yöqolgan qöyini butun qişloqni ovora qilib izlaşi menga mantiqsiz körindi. Eng qiziği esa mukofot edi. Topilgan qöyni topganga mukofotga bersa va yana bir qöçqor atasa, qolganlarga esa beş sömdan pul bersa, bu qöyni qidirişdan nima naf borligini heç tuşuna olmadim.

Erali döstim, Alibek ota qadrdonim, şanba dam oliş kunim bölgani uçun soat oltida men ham qöy qidiruvçilar safida edim. Qöy qidiriş rejasi juda puxta tuzilgan ekan. Eralining toğasi barçani guruhlarga bölib, ularga qidiriş uçun çegaralarni aniq belgilab berdi. Har bir guruhga yöqolgan qöyni taniydigan bir odamni mas’ul etib tayinladi. Yiğilganlarga murojaat qilib, böri yoki şoqol yegan bölsa terisini topib keladigan darajada sinçiklab qidirişlarini söradi. Sözining oxirida barça qayerda uçraşişini aytdi. Qidiruvçilar köp bölgani uçun yoşi kattalar guruhlarga bölinmadi. Lekin ular ham uylariga qaytmay, Alibek otaga qöşilib uçraşuv joyiga yöl oldilar. Ular orasida men ham bor edim. Qidiruvçilar orasida bir men vodiylik bölganim uçun, ularning suhbatlariga qöşilmay çetroqda borar edim. Alibek otaning yuzlarida horğinlik, közlarida esa uyquga töymaganlik alomatlari körinib turardi. Oti, ellikdan ortiq qöyi, önga yaqin sigir buzoği bor, kamiga öğillari toparman-tutarman bölgan bu otaning ellik odam bilan qöy izlaşi menga ğalati tuyular edi. Bilmagan odam “ota juda xasis odam ekan”, deb öylaşi mumkin. Lekin otaning xasis emasligini men yaxşi bilar edim. Ota har safar bizning uyga kirib kelganida atrofga yaxşilab nazar solar edi. Içkariga kirayotib albatta: