Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qizil kitobga kiritilgan qush hayoti asrab qolindi
Samarqand shahri atrofida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridan birining yaqiniga kelib qo‘ngan tasqara ucha olmay qoladi.
Buni kuzatib turgan shu atrofdagi fuqarolar zudlik bilan Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga murojaat qilishadi.
Bo‘lim xodimlari tomonidan tasqara veterinar ko‘rigidan o‘tkazilib, vaqtincha saqlash uchun “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i pitomnigiga topshirildi.
Tasqara O‘zbekiston Qizil kitobga kiritilgan bo‘lib, mutaxassislar bu qushga “Tabiat sanitari” deb ham ta’rif berishadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Samarqandda Qizil kitobga kiritilgan yana bir noyob qush topilib, yordam ko‘rsatilgan edi.
Mavzuga oid
10:21 / 13.05.2026
Surxondaryoda Qizil kitobdagi qushni ovlab, iste’mol qilganlar aniqlandi
14:39 / 06.05.2026
Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi
13:52 / 02.03.2025
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi
21:13 / 31.10.2024