Toshkentda havoning ifloslanishi inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligi aytildi
Tabiat resurslari vazirligi aholini sarosimaga tushmaslikka chaqirdi.
Toshkent shahrida havoning mayda chang zarralari bilan ifloslanishi «o‘rta» va «yaxshi» darajada. Bu inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi, dedi Tabiat resurslari vazirligi boshqarma boshlig‘i Aziz Kalimbetov. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri havosining inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Gidrometeorologiya xizmati agentligi Toshkent shahridagi havo sifatini 15 ta nuqtaga o‘rnatilgan moslamalar orqali o‘lchab boradi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Toshkent shahrida havoning mayda chang zarralari (RM 2,5) bilan ifloslanishi darajasi «o‘rta» va «yaxshi» darajadagi toifaga kiradi. Bu esa, inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi», dedi Kalimbetov.
Mulozim so‘zlariga ko‘ra, Tabiat resurslari vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, bir nechta nuqtalarida atmosfera havosidan tahlil uchun namunalar olingan. Atmosfera havosidagi zararli moddalar miqdori me’yor darajasidan ortiq holatlar aniqlanmagan. Toshkent shahri aholisining ortiqcha sarosimaga tushishiga jiddiy sabablar yo‘q.
«Toshkent shahri va xususan, respublikaning atmosfera havosining umumiy holati bo‘yicha Tabiat resurslari vazirligi, O‘zgidromet xizmati agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Aholining ortiqcha sarosimaga tushishiga jiddiy sabablar yo‘q. Shuningdek, aholini sog‘lom turmush tarziga rioya etgan holda hayot kechirishga chaqiramiz», dedi u.
Mavzuga oid
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:21 / 11.11.2024
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024