Turkiyaning janubiy-şarqiy qismi, Suriyaning şimolida röy bergan dahşatli zilzilalar bunday tabiiy ofat qanday kutilmagan tarzda sodir bölişi mumkinligini körsatib berdi. Olimlar hanuz zilzilalardan erta ogohlantiriş usullarini topiş ustida işlaşyapti.
Bir kunda sodir bölgan 2 ta kutilmagan va dahşatli silkiniş sabab Turkiya va Suriyada ön minglab odamlar vafot etdi, yarador böldi va boşpanasiz qoldi. Birinçi 7,8 balli zilzila uyqudagi odamlarning uylarini bir lahzada vayronaga aylantirdi. Bir neça soatdan söng yana bir 7,5 balli kuçli silkiniş sodir böldi.
Zilzila bölgan Şarqiy Anadolu yoriqlari tizimi tektonik uçlik birikmaning bir qismi bölib, Anadolu, Arabiston va Afrika plitalari bir-biriga tegib turadi. 1970 yildan beri mintaqada atigi 3 marta 6 va undan yuqori balli zilzilalar sodir bölgan va şuning uçun ham olimlar Turkiyadagi sönggi dahşatli zilzila bölişini kutişmagan.
Uni prognoz qiliş mumkin edimi?

Tan olib aytiş kerakki, zilzilalarni oldindan prognoz qiliş juda qiyin ilmiy yönaliş hisoblanadi. Garçi zilzila sodir bölgaç, seysmik ma’lumotlar asosida daqiqalik signallarni aniqlaş mumkin bölsa-da, oldindan nima bölişini bilib, uni prognozlaş ança qiyin jarayon.
«Biz laboratoriyada zilzilalarni tadqiq qilganimizda qaysidir hududda zilziladan oldin kiçik yoriqlar yoki defektlar paydo bölayotganini örganamiz. Lekin tabiatda şunday noaniqliklar borki, şuning uçun ham köpinça kuçli zilzilaga aylanişi mumkin bölgan belgilarini köra olmaymiz va prognoz qila olmaymiz», — deydi Italiyaning Sapiyenza universiteti professori Kris Marone.
Geologlar 1960-yillarning oxiridan beri zilzilalarni tadqiq qilişda zamonaviy ilmiy usullardan foydalanib kelişmoqda. Biroq erişilayotgan muvaffaqiyat hanuz haminqadarligiça qolyapti. Maronening ta’kidlaşiça, buning sababi butun dunyoni kesib ötuvçi Yerdagi yoriqlar tizimining murakkabligidadir. Qolaversa, juda köp seysmik tovuşlar mavjud — Yer doim özidan baland, past tovuşlar çiqarib turadi. Unga insoniyat tomonidan hosil qilingan antropogen tovuşlar: transport ovozlari, qurilişdagi ğala-ğovurlar aralaşib ketadi va aniq signallarni olişni qiyinlaştiradi.
AQŞ Geologik xizmati ma’lumotiga köra, zilzilani samarali prognoz qiliş uçun 3 narsa zarur: zilzila sodir böliş hududi, vaqti va uning qay darajada baland bölişi. Biroq markazga köra, hozirgaça heç kim bu 3 ta talabga javob bera oladigan aniqlikdagi prognozni qila olmagan.


















