Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar turkiyaliklarning qidiruv ishlariga qo‘shgan hissasi haqida gapirdi
O‘zbekiston brigadasi Hatayda vayron bo‘lgan uylar ostidan jami 70 kishini qutqarib oldi.
O‘zbekiston brigadasi Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududlarida qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etmoqda.
Zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan janubiy Hatay viloyatida 100 kishidan iborat o‘zbekistonlik qutqaruvchilar o‘n kundan ortiq vaqt davomida ishlamoqda. Qutqaruvchilar o‘z harakatlarini Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) vakillari bilan muvofiqlashtirmoqda.
Hozirgacha o‘zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan 70 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi Anadolu.
O‘zbekistonlik qutqaruvchilardan biri Ubaydulla Ro‘zmetov so‘zlariga ko‘ra, qutqaruv guruhlari zilziladan ko‘p o‘tmay, episentri Turkiyaning Qahramonmarashida joylashgan ofat hududiga yetib kelgan. «Turkiya ham qardoshlarimiz. Ularga yordam bera olganimizdan xursandmiz», dedi u.
Ro‘zmetov ilgari bunday yirik tabiiy ofatga duch kelmaganini tan oldi. «Biz qutqaruv ishlarini boshladik va mahalliy aholining faol yordamini his qildik. Turkiya xalqi bizga katta yordam berdi. Ular bizga kerak bo‘lgan hamma narsani olib kelishdi. Kecha-yu kunduz tinmay mehnat qildik. O‘nlab odamlar vayronalar ostidan qutqarib olindi. Biz qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanmaguncha shu yerda qolamiz», deb ishontirdi u.
16 fevral holatiga Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 36,1 ming kishidan oshdi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026