O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Hatay viloyatida o‘zbeklar bilan uchrashdi
Baxtiyor Saidov halokatli zilziladan jabr ko‘rgan odamlar bilan suhbatlashdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 18 fevral kuni 10 mingdan ortiq o‘zbek istiqomat qiladigan Hatay viloyatining Ovakent tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
«Men Hatay viloyatining Ovakent tumanida bo‘ldim, u yerda 10 mingdan ortiq o‘zbeklar istiqomat qiladi. Mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun bu yerga kelgan barcha vatandoshlarimdan minnatdorman. O‘zbekiston Mudofaa vazirligining ko‘chma gospitali qariyb 2 ming kishiga yordam ko‘rsatdi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vayronalar ostidan 30 dan ortiq odamni qutqarib oldi», deb yozdi Saidov ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq Turkiyaning G‘oziantep shahrida Turkiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. «Og‘ir damlarda bizni tark etmagan qardosh O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidovdan birdamlik tashrifi uchun minnatdormiz», deb yozdi Mavlud Chavusho‘g‘li uchrashuvdan so‘ng.
18 fevral kungi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada sodir bo‘lgan ikki dahshatli zilzila qurbonlari soni 39,6 ming kishidan oshdi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
18:09 / 05.11.2024