Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya hukumati O‘zbekiston fuqarolarini qurilish obektlariga jalb qilish loyihasini to‘xtatdi
COVID-19 cheklovlarining olib tashlanishi tufayli loyihaga ehtiyoj qolmadi.
Foto: RIA Novosti
Rossiya hukumati O‘zbekiston fuqarolarini qurilish, yengil sanoat va agrosanoat kompleksi sohalarida vaqtinchalik ishga joylashtirish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirishni to‘xtatdi. Ushbu loyiha 2021 yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan edi.
Loyihaning to‘xtatilishi 20 fevraldagi farmonda ko‘rsatilgan va koronavirusga qarshi cheklovlar olib tashlanishi bilan bog‘liq.
Loyiha O‘zbekiston fuqarolarini qurilish, yengil sanoat va agrosanoat kompleksi sohalariga jalb etish, ularning Rossiyaga kirishi uchun barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazish va hujjatlarni tekshirish, koronavirus uchun test topshirish jarayoni O‘zbekistonda tashkil qilinishini nazarda tutar edi.
Rossiya hukumatining fikricha, COVID-19 cheklovlarining olib tashlanishi tufayli loyihaga ehtiyoj qolmadi. Endi bu jarayonlarni Rossiya hududida amalga oshirish mumkin.
Rossiya Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, loyiha doirasida O‘zbekistonning 4750 nafar fuqarosi qurilish obektlarida mehnat faoliyatini amalga oshirgan.
Mavzuga oid
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026