Qirğiziston – Markaziy Osiyoda, qolaversa, post-sovet hududida hokimiyat eng köp almaşgan davlat. Almaşganda ham, köproq rangli inqiloblar va muddatidan avvalgi hokimiyat yiqitişlari orqali almaşdi. 2005 yilda Asqar Akayev, 2010 yilda Qurmanbek Bakiyev, 2020 yilda Sooronbay Jyeenbekov yiqitildi. Qolaversa, bu beş prezidentning özaro munosabatlari juda oğir va ziddiyatli. Özaro gaplaşmaydi, tanqid qiladi, öç olişni öylab yuradi.
Qirğizistonda siyosiy tarqoqlik hali ham kuçli, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat oğir. Kovid Ukrainadagi uruşga boğlanib ketdi. Jamiyatning kayfiyati heç yerda yaxşi emas. Bölib ham, Qirğizistondagi ijtimoiy kayfiyat yanada oğirroq...
Japarov bitta maqsadni közlayapti. Yangi siyosiy konsensus izlayapti. U ötgan yillarda davlat Konstitutsiyasini özgartirdi. Prezidentlik boşqaruvini qaytardi. Parlament boşqaruvini bekor qildi. Bir mandatlik prezidentlik muddatini ikki mandatlik muddatga almaştirdi.
Mana şu fonda, Japarov siyosiy elitaga yuzlanib, yangi siyosiy kelişuv taklif qilmoqda. Ma’nosi oddiy. “Iltimos, böldi, tinç yaşaylik. Yaraşaylik! Meni yiqitmanglar. Töğri, iqtisodda, ijtimoiy hayotda hammasi oğir. Lekin, kelişaylik, nima qilib beray?”
Ya’ni Japarov Qirğiziston siyosiy elitasiga murojaat qilib, markazlaşgan davlat boşqaruvini legitimlaştirmoqçi, rangli inqiloblar zanjirini uzmoqçi. Siyosiy elitani öz atrofida birlaştirmoqçi.
Hokimiyatda xavotir uçun asos, yetarlidan ortiq. Qirğizistonda ijtimoiy barqarorlik uçun resurs mavjud emas. Rangli inqiloblar ğoyasi ham qadrsizlangan. Jamiyat frustratsiyaga yuz tutganda, heç kim xalqni tinçlantira olmaydi. Lekin, ijtimoiy böhronlar har doim siyosiy elita içida paydo böladi va keyingina köçalarga çiqadi.
Japarov hokimiyatdan yiqilgan keyingi prezident bölişni istamayapti. Şuning uçun, sobiq prezidentlarni bir stol atrofiga yiğib, “yaraşaylik, endi yiqitari yöq!” deya kelişib olmoqçi. Sobiq prezidentlarning uçraşuvi, siyosiy elitadagi zöriqişlarni biroz pasaytiradi, ginalarni qisman aritadi.
Lekin rangli inqiloblar yoki hokimiyatni yiqitişlar töxtamaydi. Sababi, qirğiz jamiyatidagi hokimiyat talaşuvning boşqa formulasi yöq. Resurslar çeklangan, siyosiy madaniyat şakllangan. Bu davlatning eng katta nuqsoni – undagi erkinlik siyosiy konsensus va jamiyatning xavfsizligiga asoslanmaganligi. Ya’ni siyosiy öyin qoidasi şakllanib böldi: kim vaziyatdan foydalanib, xalqni köçaga olib çiqa olsa, hokimiyat öşaniki böladi. Aynan şu yöl bilan hokimiyatga kelgan Japarov, şu öyin qoidasini özgartirmoqçi...













