Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yuqori inflatsiya darajasiga ega davlat nomi e’lon qilindi
Zimbabve bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi bo‘ldi.
Foto: Reuters
2022 yil yakunlariga ko‘ra, Zimbabve dunyodagi eng yuqori inflatsiyaga ega davlatga aylandi. RIA Novosti xabariga ko‘ra, Afrikaning ushbu davlatida inflatsiya darajasi 243,8 foizni tashkil qilgan.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilar qatorida Venesuela (234 foiz) va Livan (122 foiz) ham bor. Turkiya ro‘yxatda oltinchi o‘rinni egalladi (64,3 foiz). Yevropa davlatlaridan 17 ta davlat yuqori 50 talikka kirdi. Jumladan, Moldova (30,2 foiz), Ukraina (26,6 foiz), Vengriya (24,5 foiz), Litva (21,7 foiz) va Latviyada (20,8 foiz) inflatsiyaning yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgan.
Rossiya 11,9 foiz ko‘rsatkich bilan 52-o‘rinda qayd etildi. Qozog‘iston (20,3 foiz), Qirg‘iziston (14,7 foiz) va Ozarboyjonda (13,9 foiz) inflatsiyaning o‘rta sur’ati qayd etilgan. Belarus va O‘zbekistonda inflatsiya mos ravishda 12,8 va 12,3 foizni tashkil etdi.
Eng past inflatsiya Xitoyda (1,8 foiz) qayd etildi. 2022 yilda deflyatsiya kuzatilgan dunyodagi yagona davlat Janubiy Sudan bo‘lib, u yerda narxlar 11,6 foizga tushib ketgan.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda 2023 yilda inflatsiya darajasini 10 foizdan pastga tushirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026