Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashni kuchaytirmoqchi
Germaniya va Yevropa Ittifoqining yana 11 mamlakati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish va shubhali savdo oqimlarining aniq holatlarini tekshirish uchun yagona tahliliy platformani ishga tushirishni taklif qilmoqda, deb yozadi dpa.
Foto: Shutterstock
Yevropa Ittifoqining 12 davlati, jumladan, Germaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi yanada qat’iyroq kurashish tashabbusi bilan chiqdi. «Ruslarning chetlab o‘tish taktikasi va ta’minot harakatlari tobora ko‘payib bormoqda», deyiladi Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari bilan bo‘lib o‘tgan munozarada. Hujjatni ishlab chiquvchilar bunga qarshi turish zarurligini ta’kidlamoqda.
Tashabbuskor davlatlar, xususan, aniq holatlar va shubhali savdo oqimlarini tekshirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yagona tahliliy platformani ishga tushirishni taklif qilmoqda. Boshqa takliflar orasiga Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlar kompaniyalari uchun Yevropa yagona bozoriga kirishni bloklash imkoniyatini kengaytirish kiradi. Bundan tashqari, Rossiyaga eksport qilinadigan tovarlar yoki butlovchi qismlar Ukrainaga qarshi urushda ishlatilishi mumkin bo‘lgan hollarda ham ushbu chorani qo‘llash kerak.
Loyiha Niderlandiya tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Bunga Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli Rossiyaga yetkazib berilmaydigan ayrim tovarlarning hali ham aylanma yo‘llar orqali mamlakatga kirib kelishi bo‘yicha shubha yuzaga kelgani sabab bo‘lgan. Birinchi navbatda mudofaa, energetika va kosmik sanoat uchun ehtiyot qismlari masalasi tashvish uyg‘otmoqda.
Mavzuga oid
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
10:40 / 09.02.2026
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar: nimalar kutilmoqda?
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026