Harbiylarni uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga ipoteka krediti taqdim etish orqali uy-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Ilgari turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasini to‘lash turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan kundan boshlab to‘liq 12 oy o‘tgandan keyin to‘xtatilar endi. Endilikda to‘lovlar uy-joy belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgunga qadar to‘lanadi.
Shuningdek, kompensatsiya olish uchun harbiy xizmatchilar o‘zining va turmush o‘rtog‘ining nomida shaxsiy turar joy mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.
Mavzuga oid
14:31 / 13.11.2024
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi
11:08 / 09.11.2024
563 nafar harbiyning jasadi Ukrainaga qaytarildi
15:20 / 16.10.2024
RFda yarim yilda 6088 nafar harbiy jinoiy ishlar bo‘yicha sudlandi
17:12 / 08.10.2024