2 iyul kuni keçqurun va 3 iyulga ötar keçasi jahon çempionati 1/16 bosqiçi doirasida Ispaniya – Avstriya, Portugaliya – Xorvatiya hamda Şveytsariya – Jazoir juftliklari iştirokidagi öyinlar bölib ötadi.

Ispaniya – Avstriya
2 iyul, 00:00. SoFi Stadium, Los-Anjyeles

Ispanlar guruh bosqiçida kutilgan darajada kuçli öyin namoyiş eta olmadi. Jamoa uçta öyinda öz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, Saudiya Arabistonini yirik hisobda mağlub etdi, ammo Kabo-Verde va Urugvayga qarşi ikki öyinda atigi bir gol bilan çeklandi. Avstriya esa kuçli pressing bilan öynaydigan jamoa bölib, asosiy ustunligi töpga egalik qiliş hisoblangan Ispaniya uçun bu jiddiy noqulaylik tuğdiradi. Qolaversa, «qizil furiya» safida bu öyinda jarohatlar tufayli Niko Uilyams va Yeremi Pino iştirok eta olmaydi, bu esa jamoaning hujum çiziği uçun jiddiy zarbadir.

Boşqa tomondan, avstriyaliklar guruh bosqiçining sönggi turida Jazoirga qarşi keçgan öyinda juda katta kuç sarfladi (3:3), hayot-mamot öyinida jamoa sönggi daqiqalarda gol urib, pley-offga ilinib qoldi. Ralf Rangnik jamoasida superyulduzlar yöq, ammo uning ixtiyoridagi futbolçilarda özaro öynaş könikmasi yaxşi şakllangan va bu tarkib har qanday grandga muammolar tuğdira oladi. Bu futolçilar oldidagi asosiy vazifa – asta-sekinlik bilan formaga kirib borayotgan Yamalni töxtatiş hisoblanadi. Qolgan raqiblarni zararsizlantiriş nisbatan osonroq.

Yevropaning amaldagi çempionlari 1/8 finalga çiqadigan bölsa, Portugaliya bilan öynaşi mumkin, bu esa futbol muxlislari uçun haqiqiy klassika bölardi. Jamoalar oxirgi marta Millatlar ligasi finalida töqnaşgan va öşanda kutilmaganda portugallar ğalaba qozongandi, endi ehtimoliy öyin ispanlar uçun revanş oliş imkoniyatiga aylanişi mumkin.

Portugaliya – Xorvatiya
3 iyul, 04:00. BMO Field, Toronto

Bu öyinga köpçilik «Real»dagi sobiq jamoadoşlar – faoliyatidagi 222 ta öyinni bir jamoa safida ötkazgan, birgalikda tört bor Çempionlar ligasi kubogini qölga kiritgan Kriştianu Ronaldu va Luka Modriç dueli sifatida qaramoqda. Katta ehtimol bilan, bu safargi mundial yoşi 40 dan oşgan uşbu tajribali futbolçilar faoliyatidagi sönggi yirik turnir böladi va agar Xorvatiya yutqazadigan bölsa, bu uning milliy jamoa safidagi oxirgi öyiniga aylanadi.

Ammo bu juftlikda boşqa intrigalar ham bor. Xorvatiya guruh bosqiçini qiyin ötkazdi – Angliyadan törtta gol ökazib yubordi (2:4), keyin esa Panama (1:0) va Gana (2:1) bilan öyinlarda qiynaldi. Ammo asosiysi – avlodlar almaşinuviga qaramay, «şaşkaçilar» öziga xos xarakterini saqlab qolganini namoyiş etdi. Bu jamoa top-raqiblarga qarşi ikkinçi raqamda harakatlanişni, sabr qiliş va sovuqqonlik bilan jazolaşni biladi.