Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donetsk oblastidagi janglar: Vuhledarga yurish qilinmoqda, Maryinkada evakuatsiya. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 365-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Kiyevga tashrif buyurdi. U Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi va o‘z mamlakati Ukrainaga Leopard rusumli tanklardan oltitasini yetkazib berishini anons qildi.
- Anneksiya qilingan Qrimdagi radiostansiyasi efiriga buzib kirildi va Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanovning xabari eshittirildi: «Qrim, Donbass va Ukrainaning butun janubi butunlay uyga qaytariladi. Biz Ukrainaning har bir xoinini, qayerga yashirinmasin, topamiz. Barcha vatanparvarlar: harakat vaqti keldi! Kuting. Biz siz tomon boramiz».
- Financial Times gazetasi Rossiyaning Ukrainaga bosqini bir yilligi munosabati bilan katta maqola e’lon qildi. Unda xususan, Rossiya qo‘shini xatolik tufayli o‘zlarining bir necha samolyotlarini urib tushirgani haqida gap boradi. Shuningdek, nashr ma’lumotiga ko‘ra, Vladimir Putin Ukrainaga yadro zarbasi berish fikridan qaytgani aytilgan.
- Belgorod oblastida RF mudofaa vazirligining Su-25 rusumli harbiy samolyoti qulab tushdi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, shturmovik jangovar topshiriqni bajarib aerodromga qaytayotgan bo‘lgan.
- Anneksiya qilingan Donetskning Rossiya tomonidan tayinlangan rahbariyati shahar Ukrain qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilganini xabar qildi. To‘rt kishi halok bo‘lgan.
- Urushning bir yili davomida Rossiya sudlariga armiyani «obro‘sizlantirish» bo‘yicha olti ming ish kelib tushgan.
- G7 mamlakatlari Ukrainani moliyaviy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun ajratadi.
Vuhledar uchun jang
Vuhledar — Donetsk oblasti janubidagi shahar, u Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda. 23 yanvar kuni annexia qilingan «DXR» rasmiylari Rossiya qo‘shini Vuhledarga kirganini xabar qilgandi, ammo Ukraina tomoni bu ma’lumotni rad etdi. Fevral oyi o‘rtalarida Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Vuhledar ostonasida Rossiya dengiz piyodalari brigadasi tor-mor etilganini ma’lum qildi. RF armiyasi harbiylaridan biri shahar atrofidagi janglarda 500 nafar quroldoshi halok bo‘lganini aytdi. Rossiya mudofaa vazirligi bu xabarlarga munosabat bildirmagan.
23 fevral kuni Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shini Vuhledarga yangi yurish boshlashga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Ammo britan razvedkasi RF armiyasi bu yo‘nalishda ilgarilashi mumkinligiga shubha bilan qaramoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi tasdiqlashicha, Vuhledar hududida rossiyaliklarning kazaklardan tashkil topgan ko‘ngillilari yurishda ishtirok etishdan bosh tortgan — «avvalgi yurishdagi muvaffaqiyatsizlik va shaxsiy tarkibdagi ulkan yo‘qotishlar tufayli».
RF mudofaa vazirligi 23 fevral kungi brifingida Rossiya qo‘shini bir kun ichida Ukraina qurolli kuchlarining oltita o‘q-dori ombori yo‘q qilingani, shundan ikkitasi Avdiyivka va Vuhledar hududida joylashgani haqida ma’lum qildi.
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimolidagi ukrain pozitsiyalari
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Kupyansk, Liman, Baxmut, Avdiyivka va Shaxtyor yo‘nalishlarida hujum qilmoqda, shuningdek fuqarolik infratuzilmalariga zarbalar bermoqda.
24 fevral tongida yollanma jangchilari Donetsk oblastida jang qilayotgan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Berxovka qishlog‘i egallangani va amalda yarim yildan ortiq vaqt davomida qamal qilinayotgan Baxmut chekkasiga yetib kelingani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ertalabki hisobotida RF armiyasining Berxovka hududidagi yurishi muvaffaqiyatsiz kechgani haqida xabar bergan. RF mudofaa vazirligi hozircha bu qishloq egallangani to‘g‘risidagi xabarga munosabat bildirmadi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Maryinkadan evakuatsiya
Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolayotgan Maryinka shahri 2014 yilda ayirmachilar tomonidan egallab olingan Donetsk shahridan 20 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, fevral oyida ukrain qo‘shini RF armiyasining Maryinka hududida 350 dan ortiq hujumini qaytargan. Shahardan tinch aholi vakillari evakuatsiya qilinmoqda.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Raketa zarbalari vaqtida metroga tushgan xarkivliklar
Keng ko‘lamli urushning ilk kunidanoq Ukraina shaharlaridagi metro bekatlari minglab odamlar uchun boshpana vazifasini o‘tadi — va «yerosti shaharlari»ga aylandi. Quyida Rossiya qo‘shini muntazam ravishda o‘qqa tutib kelayotgan Xarkivdagi yerostidagi hayot aks etgan suratlar.
Xarkivdagi harbiy qabriston
Pavlo Pakhomenko / EPA / Scanpix / LETA