OAV: Xitoy va Rossiya dronlar ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazyapti
Der Spiegel nashrining yozishicha, Xitoyning Bingo kompaniyasi Rossiya uchun dronlarni ommaviy ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Der Spiegel nashrining yozishicha, Xitoyning Bingo kompaniyasi Rossiya uchun dronlarni ommaviy ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Rossiya harbiylari va Xitoyning uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchisi Xi'an Bingo Intelligent Aviation Technology kompaniyasi Rossiya Federatsiyasi uchun dronlarni ommaviy ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 23 fevral, payshanba kuni haftalik Der Spiegel nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, kompaniya ZT-180 dronining 100 ta prototipini ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish hamda ularni 2023 yil apreligacha Rossiya Mudofaa vazirligiga taqdim etishga rozi bo‘lgan. Harbiy ekspertlarning fikriga ko‘ra, bunday uchuvchisiz uchish apparati og‘irligi 35 kgdan 50 kggacha bo‘lgan jangovar kallakni olib yurishga qodir. Mutaxassislarning fikricha, dron dizayni Eronning Shahed-136 kamikadze droniga o‘xshab ketishi mumkin.
Rossiya armiyasi Ukrainadagi hujumlarda hamda turar joy binolari, elektr stansiyalari va issiqlik stansiyalariga hujum qilishda yuzlab shunday dronlardan foydalangan.
Der Spiegel ma’lumotlariga ko‘ra, Bingo Rossiyaga komponentlar va texnologiyalar yetkazib berishni rejalashtirmoqda, shunda u yerda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Gap oyiga 100 ga yaqin dron ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan quvvat haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi gazeta.
24 fevral kuni XXR Tashqi ishlar vazirligi, mualliflarining fikricha, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi urushini tugatishga yordam beradigan 12 tamoyilni o‘z ichiga olgan «tinchlik tashabbusi»ni e’lon qildi.
Hujjatda «urush» so‘zining o‘zi tilga olinmagan – hujjatning inglizcha variantida mualliflar «mojaro» va «Ukraina inqirozi» so‘zlarini ishlatgan.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024