Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida IT sohasida o‘qiyotgan yoshlarga ta’lim krediti ajratiladi
Kredit BHMning 65 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 4 yil muddatgacha beriladi.
Hukumat qarori (79-son 27.02.2023 y.) bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida ta’lim olishi uchun kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, ta’lim kreditlari BHMning 65 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.
Ta’lim kreditini olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi shart:
- ariza;
- kredit oluvchi va IT-park rezidenti bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kursida ta’lim olish haqida rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt, ommaviy oferta);
- ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oila farzandi bo‘lgan yoshlarga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar.
Mavzuga oid
11:59 / 04.06.2026
“Ta’limga tashxis qo‘yadigan odam yo‘q” – Abdurahmon Tashanov
20:55 / 23.04.2026
Ta’limda sun’iy intellekt: talabalar oldinda, universitetlar orqada qolmoqda
13:19 / 20.04.2026
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi
18:33 / 11.04.2026