O‘zbekiston | 09:37 / 28.02.2023
3416
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV rahbari Ostonada o‘tadigan «C5+1» yig‘ilishida ishtirok etadi

Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 28 fevral kuni Ostona shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) bo‘lib o‘tadigan «C5+1» shaklidagi Vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi.

Foto: Facebook / BaxtiyorOdilovichSaidov

Tadbir davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan sohalarda mazkur mexanizm doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.

2022 yil 22 sentabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh vazirlar uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi hamda «C5+1» Kotibiyati tashkil etilgani e’lon qilingan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid