Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA: Eron boyitilgan uran bo‘yicha limitdan 18 marta oshib ketdi
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Eron 3,7 tonna boyitilgan uran zaxirasini to‘plagan. Bundan tashqari, AEXA yadroviy bomba yaratish uchun deyarli yetarli darajada boyitilgan uran zarralarini topdi.

Foto: EPA
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) Eronda yadroviy kelishuvda ko‘rsatilganidan 18 barobar ko‘p boyitilgan uran borligini aniqladi. Bu haqda 28 fevral, seshanba kuni AEXA hisobotiga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Erondagi boyitilgan uranning umumiy miqdori hozirda ruxsat etilgan maksimal 202,8 kilogramm ko‘rsatkich o‘rniga 3,76 tonnani tashkil etadi. AEXA inspektorlari, shuningdek, Eron yadro inshootida rekord darajadagi 83,7 foizga boyitilgan uran zarralarini topdi, bu deyarli yadroviy bomba ishlab chiqarish uchun yetarli. Yadro qurolini yaratish uchun 90 foiz boyitish kerak, deb yozadi AFP.
Hisobotda ta’kidlanganidek, AEXA va Eron bu zarralar qayerdan kelganini haligacha muhokama qilmoqda. Tehron 60 foizdan ortiq boyitishni inkor etib, boyitish jarayonida «bexosdan tebranishlar» kelib chiqqanini bildirmoqda. AEXA bir necha bor Tehronni uran boyitish jarayonini tezlashtirganlikda ayblagan.
Eron avvalroq mamlakatda uran boyitish darajasi 84 foizga yetgani haqidagi da’volarni ochiqchasiga rad etgan edi. Islom Respublikasi Atom energiyasi tashkilotining rasmiy vakili Behruz Kamolvandiy bu xabarlarni «faktlarni buzib ko‘rsatish» deb atadi. Tehron hozirgacha «uranni 60 foizdan ko‘proq boyitish uchun hech qanday harakat qilmagan», dedi u.
2015 yilda AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya va Eron Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini imzolagan edi. Tomonlar yadroviy qurol yaratishdan bosh tortish evaziga Tehronga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslikka kelishib oldilar. Shartnoma, shuningdek, uranni boyitishni cheklashni va AEXA inspektorlarining mamlakatdagi barcha yadroviy inshootlarga kirishini ham nazarda tutgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yubordi
Jamiyat | 19:36
-
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 19:31
-
G‘azoliklarni ko‘chirish, Eron va Suriya mavzulari - Tramp va Netanyahu nimalarni muhokama qildi?
Jahon | 19:14
-
Firibgar SI yordamida Marko Rubio nomidan bir necha rasmiylarga xat yubordi
Jahon | 19:06
Mavzuga oid

14:35
Axios: Isroil Eronga ehtimoliy yangi hujumga tayyorlanmoqda

08:43 / 06.07.2025
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

09:48 / 03.07.2025