AQSh ittifoqchilarining Xitoyga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorligini tekshiryapti
Oq uy Rossiyaga urushda harbiy yordam bersa, Xitoyga nisbatan sanksiyalar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti. Hozircha AQShning harakatlari ittifoqchilari orasida keng konsensusga olib kelmadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘arb ittifoqchilarining Rossiyaga urushda harbiy yordam bersa, Xitoyga nisbatan sanksiyalar joriy etishga tayyorligini tekshiryapti. Ularning so‘zlariga ko‘ra, tekshirish hozircha erta bosqichda, Pekinga qarshi ehtimoliy sanksiyalarni muvofiqlashtirishda AQSh asosan «katta yettilik» mamlakatlari qo‘llab-quvvatloviga erishishga harakat qilmoqda.
Ukrainaga qarshi urushda Xitoyning roli, ehtimol, 3 mart kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Shols uchrashuvida muhokama mavzularidan biriga aylanadi. Sanksiyalar kiritilishini nazorat qiluvchi AQSh Moliya vazirligi hali Reuters xabariga izoh bermadi. So‘nggi haftalarda Qo‘shma Shtatlar bir necha bor Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi. Pekin hukumati buni rad etyapti.
Reuters suhbatdoshlariga ko‘ra, AQShning birinchi tekshiruv qadamlari shaxsiy va diplomatik darajadagi norasmiy aloqalarni o‘z ichiga oladi. XXR hukumatiga qarshi sanksiyalarni kiritish uchun bir yil oldin Ukrainaga bostirib kirgandan so‘ng Rossiyaga nisbatan jazo choralari joriy etilishini faol tarzda qo‘llab-quvvatlagan bir guruh mamlakatlarning yordami zarur bo‘ladi.
Manbalar bir vaqtning o‘zida AQShning harakatlari hali ittifoqchilar orasida Xitoyga qarshi aniq sanksiyalar bo‘yicha keng konsensusga olib kelmaganini ta’kidlamoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari, amerikalik rasmiylar so‘zlariga ko‘ra, kelishilgan sanksiyalar qabul qilishni va Rossiya Xitoydan qurol olgani faktlari aniqlansa, «vaziyatga impuls berishni» istaydi.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024