Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Abbos bilan JCh sari ilk qadamini bosdi. Standartlar g‘alaba keltirgan ochilish o‘yinidan fotoreportaj
Toshkent va Farg‘onada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi start oldi.
Ochilish o‘yinida O‘zbekiston yoshlar jamoasi Suriya U-20ga qarshi maydonga tushib, standartlardan urilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limda Abbosbek Fayzullayev jarima zarbasidan supergol urgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda «Paxtakor» yarimhimoyachisining burchakdan uzatgan to‘pini raqib himoyachisi Zakariyo Ramazon o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.
Minglab muxlislar qarshisidagi ochilish bahsi bo‘lgani bois futbolchilarda bosim sezilib turdi. Kuchli ishtiyoq evaziga shoshmashosharlik holatlari kuzatildi. Buni mezbonlar ustozi Ravshan Haydarov ham o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ta’kidladi.
Muhimi jahon chempionati sari dastlabki qadam tashlandi. Navbatdagi raqib — xuddi O‘zbekiston kabi ilk o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan Iroq. 4 mart kuni bo‘lib o‘tadigan bellashuvdagi g‘alaba deyarli chorakfinal yo‘llanmasini taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, turnirda yarimfinalga chiqqan 4 jamoa mundialda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Chimi yangilangan va yaxshilangan «Bunyodkor» stadionida o‘tgan, O‘zbekistonning 2022 yildagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi o‘z so‘zini aytgan o‘yindan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

















































A’zamjon Izzatillayev olgan suratlar
Mavzuga oid
10:15
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026