Vazirlar Mahkamasi 2023 yil uchun statistika dasturini tasdiqladi
Vazirlar Mahkamasining “2023 yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi.

Foto: Getty Images
Dastur o‘zida quyidagi tashkilotlar tomonidan shakllanadigan statistika ma’lumotlari ro‘yxatini aks ettiradi:
Prezident huzuridagi Statistika agentligi;
rasmiy statistikani tayyorlovchilar (milliy statistika tizimining bir qismi bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va (yoki) ularning bo‘linmalari);
ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar (ma’lumotlarni rasmiy statistikani tayyorlovchilarga taqdim etuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari).
Ma’lumot uchun: bir yillik statistika dasturi ko‘p yillik statistika dasturini bajarish maqsadida ishlab chiqiladi.
Bir yillik statistika dasturida quyidagi vazifalar nazarda tutiladi:
rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan statistika kuzatuvlarini tashkil etish;
ma’muriy ma’lumotlarni tayyorlash va rasmiy statistikani tayyorlovchilarga taqdim etish;
statistika registrlarini ishlab chiqish va yuritish;
rasmiy statistikani tarqatish.
Bir yillik statistika dasturi har bir rasmiy statistikani tayyorlovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va tarqatiladigan statistika ma’lumotlarining ularni bajarish davriyligi hamda muddatlari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
Statistika dasturida belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun respublika budjetidan 195,2 mlrd so‘m ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28 / 23.06.2025
Mavzuga oid

12:18 / 23.06.2025
Oilaviy korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

10:40 / 09.06.2025
May oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi

09:45 / 09.06.2025
Bir kilogramm palovga ketadigan mahsulotlarning o‘rtacha narxi aytildi

09:03 / 09.06.2025