Ilk rolini 66 yoşida öynagan aktyor - Abdumannon Ubaydullayev bilan suhbat
|23:03 / 03.03.202332 6579 min
Zulfiqor Musoqovning «Vatan» filmidagi boş qahramon Qurbonning keksaligini öynagan aktyor qiyofasi köpçilikning yodida qolgan. Bu Abdumannon Ubaydullayevning kinodagi ilk roli edi. Kun.uz muxbiri 83 yoşni qarşilayotgan kinoaktyor va rejissyor xonadonida bölib, ijodkorning muxlislarga notaniş bölgan hayoti va ijodi haqida suhbatlaşdi.
— Xudo xohlasa, bu yil 83 yoşni qarşilaysiz. Talabalar bilan, doktorantlar bilan ilmiy işlar ustida işlar ekansiz. Toliqtirib qöymayaptimi bunday iş jarayonlari?
— Hozirda teledramaturgiya va rejissyorlik fanini (Özbekiston davlat san’at va madaniyat institutida) operator va animatorlarga ötyapman. Maqsad aniq bölsa, çarçamaysiz. Bir marhum domlamiz operatorlarni oliş kerak emas, özimizga non yöq-ku özi, degan edi. Hayotda ham, ilmda ham şunday holatlar bor. Biliming bor ekan, şunça harakat bilan yiğding, kimdir oliş kerak-ku şuni. Hozir törtta ilmiy iş qilayotgan şogirdim bor. Hammasining harakati har xil.
— Siz bilan suhbatlaşar ekanmiz, köproq ilm haqida gapiryapsiz. Lekin yurtdoşlarimiz sizni Zulfiqor Musoqovning 2006 yilda suratga olingan «Vatan» filmidagi rolingiz orqali aktyor sifatida taniydi. Bu aktyor nega şu paytgaça filmlarda körinmagan, bungaça qayerda edi?
— Qiziği şundaki, men institutni bitirganimdan keyin, 1967 yilda «Telefilm»ga işga borişim kerak edi. Televizion filmlar suratga oliş endi yölga qöyilgandi. Unda ham faqat ön daqiqalik hujjatli filmlarga ruxsat berişgandi. Orada qandaydir sabablar bölib, meni bolalar radiosiga yordam berişga çaqirişdi. Rejissyor sifatida bolalar tahririyatiga işga kirdim, özi yönalişim drama rejissyorligi edi. Keyinçalik Qaşqadaryo teatriga işga borganman. U yerda bir yil işlab, qaytib keldim va meni adabiyot tahririyatiga işga olişdi. Öşanda «Tabassum» radio-jurnalini taşkil etganmiz: Isom Zokirov, Tölqin Sodiqov, Tölan Qöziboyev, Töra Rahimovlar. Aktyorlarimiz Nabi Rahimov, Tölqin Tojiyev, Jöra Tojiyev, Husan Şaripov va boşqalar har hafta radio-jurnalimizga yoziş jarayoniga taklif etilardi. Qatralar, miniatyuralar va şunga öxşagan narsalarni efirga uzatardik.
— Umuman, institutga kirgunça sizda san’atga qiziqiş qanday paydo bölgan?
— Biz yaşaydigan joyda teatr-san’atga aloqador heç narsa yöq edi. Lekin ikkita katta daryo oqib ötar edi, çiroyli manzara edi juda. Öşa manzaralarning özi bizning içimizda bor narsalarni şakllantirişga yordam bergan. Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidan çiqqanman men. Ota-onam Qozoğistonning Çimkent viloyatidagi Qorabuloq qişloğidan bölgan. 1933 yilgi oçarçilik paytida çiqib ketişgan va Öşga borişgan. Toşkentga esa daryo orqali qayiqlarda kelişgan.
Mavzuga oid
— San’at institutiga kirgunça, rollar ijro etib yurgan ekansiz, şundaymi?
— Angren şahriga şofyorlikka öqişga borganimda, «Xalq teatri» borligini eşitib, öşa yerda rollar ijro eta boşlaganman. Dastlab epizodik rollar ijro etganman, keyinçalik asosiy rollar berişgan. Şundan söng rejissyorlik yönalişiga kirişni xohladim. Aktyor rejissyorga boğliq, böysunadi, şuning uçun aktyorlikni xohlamadim.
— Aktyorlikni istamadim, dedingiz. Lekin şu yoşga yetib, rol ijro etişingizga nima majbur qildi?
— Zulfiqor Musoqovga heç kim körmagan qiyofa kerak edi. Şunda operator Abdurahim Ismoilov tavsiya qilgan meni. Sinovlar ötib, rolga tasdiqlanganimizdan keyin Amerikaga boriş kerak böldi. Elçixonada qolib ketmaysizmi, deb söraşdi. Men ularga Amerikasi öziga buyursin, mening Vatanim bor, dedim. Uçişimizdan oldin Karimov bilan uçraşiş töğri kelib qoldi, soqol qöygan edim, olişga töğri keldi. Mening bitta grimim uçun Baxtiyor tört marta Amerikaga borib kelgan.
— Nega «Vatan» filmigaça rollar ijro etmagansiz? Özi bu filmgaça takliflar bölganmi?
— Çunki fan nomzodi böliş uçun dissertatsiya yozişim kerak edi. Ilmiy işimni qildim, 1980 yilda himoya qildim. «Vatan» filmigaça takliflar bölmagan. Men doim çetda yurganman.
— Yuki oğir rolni oldingiz va uzoq vaqtli tanaffusdan söng aktyor sifatida çiqdingiz. Rolni his qiliş, ijro etiş jarayonlari qanday bölgan?
— Rolning murakkabligi şunda ediki, avvalo uning tub mohiyatiga yetib boriş kerak edi. Dardini biliş kerak edi. Bu obraz tagida söz bilan ifodalab bölmaydigan narsalar bor. Alam bor, hayotga muhabbat ham bor, lekin «Nega men bilan şunday böldi?» degan savoli ham bor içida. Qançalik kamgap bölsa, şunçalik ta’sirli böladi. Kamera qarşisida gapirganda, söz ortiqçaligi ham sezilib qoladi.
Zulfiqor Musoqov bilan işlaşning murakkab joyi bölmadi. Nima demoqçi bölganini aniq tuşuntirib bergan va biz şuni yanayam teranlaştirişga harakat qilganmiz. Qurbon obrazi köp harakat qilmasa ham, içki harakati, ifodasi köp.
— Filmda qaysi epizod qiyin bölgan, eslaysizmi? Va aynan nimasi bilan qiynagan?
— Obid Yunusov bilan röpara böladigan joyda qiyinçilik bölgan. Çunki Obid aka Özbekiston xalq artisti, men esa ularning oldida heç kimman. Albatta, hayajonlaniş bölgan.
— Tanlovning töğri bölgani öz kuçini körsatdi. «Vatan» filmi orqali tanildingiz va bundan keyin ham bir qança rollar ijro etdingiz. Masalan, «Fidoyilar», «Omad», «Hijron», «Sönggi lahza» kabi filmlarda. Ammo bu rollar «Vatan»dagi kabi muvaffaqiyatli çiqmadi. Nega bunday böldi deb öylaysiz?
— Dramaturgiyaga boğliq bu. «Vatan»dagi qahramon dardi boşqalarida yöq. Gap mana şunda. Ularda faqat sözlarni ijro etiş mumkin, teran kirib borişga heç narsa yöq. Dramaturgiyada dard bormi, aktyorga ham ijro etiş uçun imkon bor. Qançalik rejissyor harakat qilmasin, dramaturgiya yaxşi bölmasa, foydasi yöq. Şuning uçun ham dramaturgiya hozirgi kundagi asosiy muammolardan. Ba’zi aktyorlar yaxşi asar yozilgunça ötib ketişi ham mumkin.
— Bugungi özbek kino san’atida nima sizni köproq öylantiradi?
— Buyuklarimiz ötib ketdi... Örtadagi avlod ham ma’lum darajada ötib ketyapti. Yoş avlodga keladigan bölsak, yaxşi dramaturgiya kerak, yöl oçiş kerak. Öz-özidan bölmaydi bu narsalar.
— Yoş rejissyorlar ham yaxşi filmlar olişyapti. Lekin keyinçalik moddiy tomonlama qiyinçilik sababmi, bir-ikkita filmdan söng yöqolib qolişyapti. Bu haqda nima deysiz?
— Bilasizmi, kino xarajatni yaxşi köradi. Kino şunday san’at. Teatrda töxtovsiz harakat bilan davom etaveradi. Lekin kino syujyet talabidan kelib çiqib, katta mablağ talab qiladi. Agar film özini oqlolmasa, qoplay olmasa, keyin unga boşqa film berişmaydi. Bir gal yutadi, bir gal yutqazadi, bu — san’at. Şu tomonlarini ham hisobga oliş kerak. Yaxşi filmlar har doim ham tuğilavermaydi. Orada örtamiyonalari ham böladi. Buni inkor etib bölmaydi. Lekin öşa odamlarni qöllamasa, ular ham keyin bölmaydi.
— San’at va madaniyat instituti barça san’at atrofidagi soha mutaxassislarini yetiştiradi. Balki, ta’limda kamçiliklar bordir?
— Ta’limda kamçiliklar bor. Faqat ma’ruzalar emas, amaliyotlar ötkaziş kerak. Amaliy işlarga vaqtni köproq beriş lozim. Qançalik köp vaqt berilsa, ertaga muammolar şunçalik kam böladi. Bir oylik amaliyot deyarli heç narsa bermaydi. Talabalar «Özbekkino»dagi kino oliş jarayoni içida bölişi kerak. Men şuning uçun ham «Xalq teatri»da boşlaganman faoliyatimni. Talaba kino içida yurmasa, qanday qilib ertaga yaxşi narsa qilişi mumkin? Çunki miyasi tamomila boşqa narsa bilan band böladi. Gap mana şunda. Ilgari San’at va madaniyat instituti Madaniyat vazirligiga qarardi, hozir esa Oliy ta’lim vazirligiga ötib ketgan. Boşqa institutlar bilan bir xilda qaraladigan bölib qoldi.
— Turmuş ötroğingiz 1997 yilda vafot etgan ekan. Nega qayta oila qurmadingiz, kuçli muhabbatdanmi bu? Rafiqangiz bilan qanday tanişgansiz özi?
— Ha, kuçli muhabbatdan. Bir tomondan farzandlarimning oyoqqa turişi uçun ham yordam berişim kerak edi. Turmuş örtoğim bilan tanişiş, u bilan yaşaş — butun bir katta roman. Mening nazarimda, bu narsa şundoqligiça xotiralarimda turişi kerak. Heç kimga xalaqit bermaydi. Hayot davom etyapti, şunga könikiş kerak. Hozir ikki farzandim, uç nevaram va ikki evaram bor.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Maqsuda Abduqayumova suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi: Mirvohid Mirrahimov