3 aprel kuni Xalqaro Press-klubning «Özbekistonda yölovçi taşişning yangi tartiblari: zamonaviy yondaşuvlar va muammolar tahlili» mavzusida sessiyasi bölib ötdi.

Unda yölovçi taşiş sohasidagi yeçimini kutayotgan muammolar, yangiliklar, istiqboldagi rejalar haqida söz bordi.

Sessiyada iştirok etgan Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Mubin Mirzayevning ma'lum qilişiça, bugungi kunda Özbekistonda, xususan poytaxt Toşkentda juda ommalaşayotgan «Yandex-taksi» servisi amalda deyarli soliq tölamayapti. Hozir bu masalani yeçiş böyiça işlar olib borilmoqda.

Bu servis hozirgi kunda 10 mingdan ortiq avtomobilni qamrab olgani aytilsa-da, amalda poytaxtdagi lisenzion taksilar soni 5 mingta atrofida.

Tadbir davomida bildirilişiça, 2018 yil davomida noqonuniy odam taşiş faoliyatiga qarşi kuraş doirasida jami 15 393 marta reyd ötkazilgan, bu reydlar davomida 56028ta ma'muriy bayonnoma tuzilgan va huquqbuzarlardan jami 26 mlrd 238 mln söm jarima undirilgan.

Foto: Xalqaro press klub

Transport vazirligi departament boşliği Ruslan Rözmetovning ma'lum qilişiça, nolegal taksiçilar reydlar davomida aniqlanganda, ularga nisbatan bayonnomalar tuziladi va bu bayonnomalar çora köriş uçun sudga oşiriladi. Sudda avtomobil egalariga yana bir marta imkoniyat beriladi – bir oy davomida öz faoliyatini qonuniylaştirsalar, jarima qöllanilmaydi.