Taşrif davomida davlat rahbari jumladan, xalqaro tuzilmalardan biri – Qöşilmaslik harakati sammitida ham qatnaşdi va nutq sözladi.

Kun.uz muxbiri Özbekiston prezidentining Bokuga safari, sammitdagi iştiroki va sözlagan nutqi, şuningdek, bu harakatning bugungi kundagi ahamiyati haqida tahliliy intervyu ötkazdi.

Intervyu mehmoni Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bölim boşliği Bahrom Sotiboldiyev böldi.

— Şavkat Mirziyoyevning Bokuga safari va Qöşilmaslik harakati sammitidagi iştiroki. Albatta, biz bu harakat nima ekani, uning ötgan asrning 60-yillarida dunyo ikki qutbga bölingan, “sovuq uruş” davom etayotgan hamda dunyo yodro uruşi ostonasiga kelib qolgan bir paytda taşkil topganini bilamiz.

Xöş, harakatning bugungi kundagi maqsadi, dunyodagi örni qanday va bugungi konteksda Özbekiston tomonidan uning eslanib qolinişi nimani bildiradi?

Ya’ni Özbekiston bu harakatda iştiroki bilan özining pozitsiyalarini qandaydir xalqaro huquq bilan mustahkamlamoqçimi, maqsad nima?

— Ta’kidlab ötganingizdek, dunyoda ikkita kuç markazi şakllanib, tarafkaşlik böyiça bosimlar oşib borayotgan, xalqaro munosabatlarda zörlik tamoyili ustuvor bölib turgan vaqtda dunyoning qolgan mamlakatlari mana şu harakatni taşkil qilişdan asosiy maqsadi arosatda qolgan mamlakatlarning öz pozitsiyasini yaratiş va qarama-qarşilikka aralaşib qolmaslik bölgan. Harakatning asosiy prinsipi BMTning boş nizomi talablariga tölaligiça javob beradi. Ya’ni özga mamlakatlar hududiga tahdid qilmaslik, munosabatlarda teng muzokaralar olib boriş, suverenitetiga tajovuz qilmaslik, harbiy-siyosiy bloklarga qöşilmaslik. Va ayni tamoyillarga amal qiliş nuqtai nazaridan bu harakat taşkil topdi.

Öşa davrda harakat tuzilişi bilan birgalikda ikki kuç markaziga, biz tortişuvda biror tarafning yonini olmaymiz, öz qaraşimiz bor, har qanday muammoni muloqotlar va BMT nizomi talablari orqali hal qiliş kerak, degan signal berildi.

Hozirgi vaqtda taşkilotning ahamiyati oşib borişiga sabab dunyo maydonida katta davlatlarning özaro qarama-qarşiligi qurolli töqnaşuvlar darajasiga çiqib ketyapti. Ma’lum bir ma’noda turli mintaqalarda yangi harbiy-siyosiy bloklarni şakllantiriş jarayoni ham boşlanib ketdi. Qöşilmaslik harakatiga dunyoning 120 ta davlati a’zo. Bundan taşqari, turli xalqaro taşkilotlar xam bu harakat bilan munosabatlar örnatgan. Şu örinda aytiş kerakki, hozir dunyo siyosatini tebratib turgan yetakçi mamlakatlar ham kuzatuvçi maqomiga ega va taşkilot içidagi davlatlar bildirayotgan fikrlarni, takliflarni kuzatib boryapti. Xalqaro jarayonda taşkilot ahamiyati oşib boradi, çunki tarafkaşlik yöqligi, BMT nizomiga amal qilişi, xalqaro xavfsizlik doirasidagi yondaşuvi, iqlim özgarişi, iqtisodiy ösiş beqaror bölib turgan bir paytda geosiyosiy taranglik oşib borayotgani taşkilot ahamiyatini orttiradi.