Rossiyaning Donetskda qulagan samolyoti, Baxmutda qolayotgan ukrain askarlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 373-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya Melitopolni Zaporijjya oblastining annexia qilingan qismi poytaxti deb e’lon qildi.
- AQSh Ukrainaga 400 million dollar miqdorida yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi.
- «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmut «amalda qurshab olingani»ni aytdi va Ukraina qo‘mondonligidan shahardagi qo‘shinlarini olib ketishni so‘radi.
- Donetsk oblastining RF nazoratidagi Yenakiyevo shahri yaqinida rossiyaliklarning Su-34 samolyoti quladi.
- Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya «Shimoliy oqim» tizimining shikastlangan gaz quvurlari ishini to‘xtatib qo‘ymoqchi.
- Putin harbiy holat davrida davlat mudofaa buyurtmalarini bajarmaydigan kompaniyalarda tashqi boshqaruv joriy etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
- Yevroittifoq sanksiyalariga uchragan «Tinkoff» banki urush davrida o‘n minglab rossiyaliklar ketgan Gruziyaga valuta yuborishni to‘xtatdi.
- Ukrainada sud rossiyalik uchuvchini Xarkiv bo‘ylab aviazarbalar bergani uchun 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Kun kadri. Rossiyaliklarning urib tushirilgan Su-34 samolyoti
Baxmut mudofaasi
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, rossiyaliklar Baxmutga qurshab olish harakatlarini to‘xtatmayapti. So‘nggi bir kunda ukrain kuchlari Baxmutning o‘zida, shuningdek Vasyukovka va Dubovo-Vasilevka qishloqlarida raqibning «ko‘p sonli» hujumlarini qaytargan. «Vagner» XHK Xromovo posyolkasiga yaqin kelib, shimolda Bogdanovka va Chasiv Yar yo‘nalishlarida ilgarilash orqali, amalda Baxmutdagi ukrain kuchlari ta’minotini kesib qo‘ygan, Baxmutdagi bo‘linmalar yaqin vaqtlar ichida hozircha xavfsiz bo‘lib turgan yo‘llar orqali chekinishi kutilmoqda.
Yaralangan ukrain askarlari evakuatsiyasi
Zaporijjyada xarobalarni tozalash jarayoni
2 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Zaporijjya shahriga raketa zarbasi yo‘lladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Zaporijjya S-300 zenit-raketa tizimlari orqali o‘qqa tutilgan. Raketalardan biri besh qavatli turar joyga kelib tushgan, natijada 10 kvartira vayron bo‘lgan. Raketa zarbasi qurbonlari soni 10 kishini tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
22:59 / 26.11.2024
Ukraina – Janubiy Koreya: kutilmaganda paydo bo‘lgan ittifoq
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:41 / 26.11.2024
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
13:20 / 26.11.2024