Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Xarkivni bombardimon qilgan rossiyalik uchuvchi 12 yilga qamaldi
Uchuvchi Xarkiv teleminorasiga zarba berishda aybdor deb topildi. U urush qonunlari va odatlarini buzgani uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Ukraina sudi rossiyalik uchuvchini fuqarolik infratuzilmasini, jumladan Xarkivdagi bombardimon qilgani uchun 12 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. 3 mart, juma kuni Ukraina Bosh prokuraturasi va Xavfsizlik xizmati ("SBU") rossiyalikni harbiy qonunlar va urush odatlarini buzganlikda aybdor deb topdi.
Ukraina prokuraturasi ta’kidlaganidek, radio va televideniye stansiyasi harbiy maqsadlarda foydalanilmaydigan fuqarolik obekti bo‘lib, uning atrofida qurol-yarog‘ va harbiy texnika joylashtirilmagan, Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari bo‘lmagan.
Sud, shuningdek, zarar ko‘rgan uchta kompaniyaning umumiy summasi 1,1 million grivnadan (2,24 million rubl) ortiq bo‘lgan da’volarini qanoatlantirdi. Mahkumning ismi oshkor etilmagan. Ma’lum qilinishicha, u - G‘arbiy harbiy okrugi Harbiy havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa 6-armiyasiga qarashli harbiy qism komandirining o‘rinbosari.
Ayblovga ko‘ra, o‘tgan yilning 6 martida uchuvchi Xarkivga hujumda ishtirok etgan va radio va televideniye stansiyasiga umumiy og‘irligi 2,5 tonna trotil bo‘lgan sakkizta FAB-500 aviabombasini tashlagan. Zirhli texnika zavodiga ham zarba berildi. Zarba natijasida minora va stansiyaning ofis binosiga zarar yetgan. Ukraina qo‘shinlari samolyotni urib tushirdi, uchuvchi katapulta vositasida irg‘ib chiqib parashyut bilan o‘zini tashladi va hibsga olindi.
Mavzuga oid
11:35
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026