O‘zbekiston | 19:17 / 07.03.2023
12409
2 daqiqa o‘qiladi

Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Batsetseg Batmunxiyn xonim 8-9 mart kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi.

Foto: mongolnow.com

Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batsetseg Batmunxiyn xonim O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning taklifiga binoan 8-9 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Monsame xabar bermoqda.

Tashrif doirasida Mo‘g‘uliston diplomatiyasi rahbari O‘zbekiston hukumati rahbariyati bilan uchrashadi, o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazadi.

Shuningdek, Savdo, investitsiya, qishloq xo‘jaligi va transport vazirliklari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvlar kun tartibida Mo‘g‘uliston-O‘zbekiston hamkorligini chuqurlashtirish, jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Mo‘g‘uliston TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘lajak tashrif O‘zbekiston bilan 1992 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon tashqi ishlar vaziri darajasidagi birinchi tashrif bo‘ladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid