Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Borrelning yangi rejasi: Yevroittifoq Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni tezlashtiradi
Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni ko‘paytirish va tezlashtirish kerak - Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari bunga rozi. Ular Borrelning ikki hafta ichida ishlab chiqilishi va qabul qilinishi kerak bo‘lgan yangi rejasini qo‘llab-quvvatladilar.
8 mart, chorshanba kuni Stokholmda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlarining norasmiy uchrashuvida Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berish jarayonini tezlashtirishga qaror qilindi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel yakuniy matbuot anjumanida ma’lum qildi. U 2 milliard yevrolik taklifini vazirlarga taqdim etgan va ular uni qo‘llab-quvvatlagan.
Borrelning taklifi uch qismdan iborat. Birinchisi: Ukrainaga o‘q-dorilarni topshirishga tayyor bo‘lgan Yevropa Ittifoqi davlatlarining milliy zaxiralarini to‘ldirish uchun Yevropa Tinchlik Jamg‘armasidan 1 milliard yevro ajratish. Ikkinchidan: Yevropa mudofaa agentligi orqali o‘z zaxiralarini to‘ldirish va o‘rta muddatda Ukrainani o‘q-dorilar bilan ta’minlash uchun artilleriya snaryadlarini xarid qilish bo‘yicha umumiy kelishilgan yondashuvni ishlab chiqish. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, jamoaviy yondashuv o‘q-dorilar narxini pasaytirish va yetkazib berish muddatini qisqartirishga yordam beradi. Ushbu maqsadlar uchun Yevropa Tinchlik Jamg‘armasidan yana 1 milliard yevro ajratish taklif qilinmoqda.
Rejaning uchinchi qismi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari armiyalarining ehtiyojlarini qondirish uchun mudofaa sanoati salohiyatini oshirishdan iborat. Yangi paket tafsilotlari 20 va 21 mart kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari rahbarlari kengashida ishlab chiqiladi.
«Biz urush davrida yashayapmiz va bizga harbiy mentalitet kerak, - dedi Borrel. - Biz o‘q-dorilar haqida gapirishimiz kerak, chunki Ukrainada urush davom etmoqda». Stokholmdagi yig‘ilishning ba’zi ishtirokchilari hatto «urush davri iqtisodiyoti» iborasini ishlatishdi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius uning fikriga qat’iyan qo‘shilmadi: «Yevropa Ittifoqi ham, Germaniya ham urushda emas. «Urush iqtisodiyoti» biz hamma narsani qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishga bo‘ysundirishimizni anglatadi va bu mutlaqo noto‘g‘ri signal bo‘ladi».
Ushbu yondashuv tarafdorlari orasida Yevropa Ittifoqining ichki bozor bo‘yicha komissari Terri Breton ham bor. «Hozir Ukrainani qo‘llab-quvvatlash nuqtayi nazaridan hal qiluvchi daqiqa. Biz ta’minot va mudofaa sanoati nuqtayi nazaridan urush iqtisodiyoti rejimiga o‘tishimiz kerak. Biz Ukrainani, ayniqsa, o‘q-dorilar bilan ta’minlash uchun hamma narsani qilishimiz kerak», dedi u.
Breton Yevropa Ittifoqi moliya sektori hozirda mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlash qanchalik muhimligi to‘g‘risida kelishib olishiga umid bildirdi va yaqin kun hamda haftalarda Yevropa Ittifoqining barcha 15 mudofaa idorasiga «hamma bu maqsadga erishishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilish uchun»tashrif buyurishga va’da berdi. «Mamlakatlar Ukrainani o‘z zaxiralaridan o‘q-dorilar bilan ta’minlashda davom etishlari uchun sanoat ularni qoplashga qodirligiga ishonch hosil qilishlari kerak», deb tushuntirdi Yevropa komissari.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
23:16 / 12.06.2026