Zelenskiy Ukrainaga berilgan tungi zarbalarga munosabat bildirdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, raqib kuchlari javobgarlikdan qochib qutula olmaydi
«Dushman yana bir bor ukrainaliklarni qo‘rqitishga urinib, o‘zining ayanchli taktikasiga qaytgan holda 81 ta raketa otdi», deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy payshanba kuni ertalab o‘zining Telegram-kanalida.
«Bosqinchilar faqat tinch aholini qo‘rqitishi mumkin. Ularning qo‘lidan keladigan narsa shu. Lekin bu ularga yordam bermaydi», dedi Ukraina prezidenti.
Ular qilgan ishlari uchun javobgarlikdan qochib qutula olmaydilar, dedi u. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, «Ukrainaga amalga oshirilgan» tungi hujum kamida 10 ta viloyatida qayd etilgan, qurbonlar va yaradorlar bor.
Lviv viloyatida tunda Rossiya raketalaridan biri turar joy hududiga kelib tushdi. Zarba natijasida besh nafar fuqaro halok bo‘ldi. Avvalroq Lviv viloyati harbiy ma’muriyati raisi Maksim Kozitskiy o‘zining Telegram-kanalida to‘rt nafar qurbonlar haqida ma’lum qilgan edi: «Bular to‘rt nafar yoshi katta fuqarolar. Ikki erkak va ikki ayol. Vayronalar tozalanmoqda, ularning ostida boshqa odamlar ham bo‘lishi mumkin», — dedi u.
Bundan oldin Kiyev meri Klichko rossiyaliklarning yangi raketa zarbalari haqida ma’lum qilgandi.
Kiyevga yangi raketa zarbalari berildi, Svyatoshinskiy tumanida navbatdagi portlash qayd etildi, deb xabar berdi shahar meri Vitaliy Klichko Telegram’da.
Hodisa oqibatida turar joy binolaridan birining hovlisida avtomashinalar yonib ketgan, ikki jabrlanuvchi bor, ular kasalxonaga yotqizilgan.
«Raketa hujumi tufayli energetiklar poytaxtda elektr ta’minotini avariyaviy to‘xtatishdi. Hozirda iste’molchilarning 15 foizga yaqini elektr ta’minotidan mahrum», - dedi Klichko.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024