Insoniyat tarixi tezlaşmoqda. Jarayonlar ziçlaşmoqda. Bu nima degani? “Tarixning tezlaşayotgani”, aslida, ilmiy atama. Olimlar tomonidan tan olingan fenomen. Bu, ma’lum davr içidagi dunyo ahamiyatiga molik voqea-xodisalar sonining borgan sari oşib borişini nazarda tutadi.
Insoniyat globallaşuvning yangi bosqiçlariga şönğimoqda. Informatsion texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar insonlarga misli körilmagan axborot almaşinuvi, katta va erkin axborot oqimini taqdim qilişda davom etadi. Natijada, insonlarda borgan sari ança erkin dunyoqaraş şakllanaveradi.
Bu, bir tomondan, özgarişlar uçun ulkan imkoniyat. Ayni paytda, davlat institutlari oldiga muhim vazifalarni ham qöyadi. Özbekiston jamiyati yaqin ötmişda qattiq avtoritarizm davrini yaşadi. Bugun ham vaziyat ziddiyatli. Ijtimoiy tafakkurdagi qörquv erib bormoqda. Lekin, davlat institutlarining faoliyati ijtimoiy sörovlarga, ehtiyojlariga mutanosib emas. Davlat institutlarida avtoritar fikrlaş va işlaş kuçli.
Nima uçun jamiyat işonadigan parlament kerak? Özbekiston Konstitutsiyasiga köra, ikki davlat organining boşqaruvdagi roli beqiyos. Bu – prezidentlik va parlament institutlari. Prezident – yakka şaxs. Parlament esa, katta jamoa. Butun dunyoda parlamentlar ijtimoiy-siyosiy hayotning markazida turadi, aynan uşbu institut davlat legitimligini mustahkamlab beruvçi muhim markaz hisoblanadi.
Parlamentning qanday fikrlaşi va işlaşi, uni şakllantirişdagi siyosiy konsensusga borib taqaladi. Ya’ni, parlamentga saylovlar naqadar erkin, siyosiy plyuralizm qançalik ta’minlangan – mana şu omillar parlamentning salohiyatini, unga bölgan işonçni belgilab beradi.
Qonunçilikka köra, saylovlar parlament muddati tugaşidan uç oy oldin e’lon qilinişi kerak. Yangi partiyalar esa, saylov kampaniyasi e’lon qilinişidan kamida olti oy oldin röyxatdan ötgan bölişi kerak. Bu degani, agar kelasi 2024 yil fevral-mart oylarigaça yangi partiyalar tuzilmasa, röyxatdan ötmasa, 2030 yilgaça Özbekistonda yana “bir partiyali” parlament saqlanib qolaveradi.
Özbekistonda rasman beşta partiya bor. Lekin, Özbekiston jamiyati va taşqi dunyo, parlamentimizni, de-fakto “bir partiyali” deb qabul qiladi. Heç kimga sir emaski, parlamentga bölgan işonç past. Bu esa, globallaşgan davrda, jiddiy siyosiy nuqson.
Tuşunaman, siyosatçilarda “erkin va plyuralistik parlament – xavfli bölişi mumkin” degan qaraş bor. Lekin, siyosiy zehniyat şunday bölişi kerakki, muammoni yopiş, inkor qiliş emas, uni ertaroq anglaş va unga yeçim izlaş kerak.

















