Jahon | 17:13 / 11.03.2023
6810
2 daqiqa o‘qiladi

Gurjiston sobiq bosh vaziri: Aholining aksariyati - Ukraina tarafdori

Foto: stopcor

Gurjistonning amaldagi hukumati rossiyaparast bo‘lsa-da, mamlakat aholisi asosan ukrainaparast kayfiyatda, deya ma’lum qildi Vano Merabishvili DW nashriga.

Gurjiston sobiq bosh vaziri va ichki ishlar vaziri Vano Merabishvili DW nashriga bergan intervyusida Ukraina va Gurjiston xalqlari o‘rtasida «to‘liq birdamlik» hissi borligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab gurjistonliklar Ukraina tomonida jang qilmoqda, ulardan 50 dan ortig‘i shu urushda halok bo‘lgan. 

Merabishvili Gurjiston Rossiya tajovuzkorligini his qilgan birinchi davlat ekanini eslatdi. «2008 yilda Rossiya va Gurjiston o‘rtasida urush bo‘lgan. Rossiya Gurjiston hududining 20 foizga yaqinini bosib olgan», - deydi u. 

Shunga qaramay, sobiq bosh vazirning fikricha, Gurjistonning hozirgi hukumati rossiyaparast kayfiyatdadir. «Ammo Gurjiston aholisining aksariyati ukrainaparast», - deydi u. 

Tbilisi markazidagi so‘nggi namoyishlar ham Gurjiston jamiyati «yevropaparast va ukrainaparast» ekanini ko‘rsatdi, dedi Merabishvili. «Bizning orzumiz esa Gurjistonning tashqi siyosatini o‘zgartirib, Yevropa Ittifoqi va NATOning haqiqiy a’zosiga aylanish», - dedi u. 

Merabishvili 10 mart kuni Kiyevda ukrainalik siyosatchilar bilan uchrashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Gurjiston Ukraina bilan do‘st bo‘lishini va Rossiyaga yordam bermasligini istaydi. «Afsuski, Gurjiston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmayapti. Afsuski, Gurjiston hukumati Ukrainaga yordam berish uchun hech narsa qilmayapti», - deydi siyosatchi. 

Mavzuga oid