Dunyodagi eng farovon davlatlarning mutlaq aksariyati – demokratik davlatlardir. Demokratik bölmagan boy davlatlar, asosan neft va gaz sotiş hisobiga katta daromad olişadi. Şuningdek, boy bölmagan, jon boşiga kambağal bölgan davlatlar ham bor, ular köp emas. Hindiston, şunday davlatlardan biri.
Milliy boylik yaratiş, odamlarni farovon qiliş borasida, demokratik tizimning naqadar samaradorligi, juda yaxşi örganilgan. Demokratik tizim uçun, siyosiy partiyalarning ahamiyati juda yuqori. Aynan partiyalar orqali xalqning manfaatlari, ehtiyojlari davlat institutlariga kirib keladi.
Partiyalar – bu siyosiy “ötkazgiçlar” hisoblanadi. Jamiyatdagi manfaatlar, muammolar, ehtiros va kayfiyatlarni davlat institutlariga, parlamentga olib çiqadi. Faraz qiling, bir nuqtadan ikkinçi nuqtaga şlang orqali suv taşiyapsiz.
Lekin, suvning qançalik tez va sifatli taşilişi, öşa şlangning hajmiga va töğri turganligiga boğliq böladi. Tajribadan yaxşi bilamizki, agar öşa suv taşiyotgan şlang buklanib qolsa, suvning hajmi qisqaradi yoki töliq töxtaydi.
Siyosiy partiyalar odamlarning muammolari, manfaatlarini qançalik samarali parlamentga, boşqa davlat organlariga olib çiqib, ularga yeçim izlaşi ham, öşa partiyalarning içki demokratiyasiga boğliq. Agar partiyalarning içki demokratiyasi işlamasa, partiyalar, xuddi şlanglarga öxşab, buklanib qolgan böladi.
“Partiyalarning içki demokratiyasi” xalqaro taşkilotlarda, partiyaşunoslar orasida qabul qilingan tuşunça. Bu nima degani? Partiyalarning faoliyati, partiya liderlari imkon qadar xalq irodasiga boğlangan bölişi kerak. Partiyalar, saylovlarda yutişi uçun, özlariga xalqqa yoqadigan qiyofalar, obrazlar, ğoyalar izlaydi. Şuning uçun, har qanday saylovlardan oldin, partiyalar, özlarining nomzodlarini praymerizlarga qöyişadi.
Bugun köplab demokratik davlatlarda, praymeriz tizimi keng rivojlangan. Hali saylov boşlanişidan ança oldin, partiyalar özlari istagan nomzodlarni xalqqa körsatib, “şu nomzodlarimizdan qay biriga ovoz bergan bölardingiz?” deb söraydi. Praymeriz – boşlanğiç saylov degani.
Praymeriz orqali partiya liderlari va nomzodlari aniqlanadi. Xalqqa yoqmagan nomzodlar va ğoyalar, kun tartibidan çetlatiladi. Çunki partiyalarning maqsadi – xalq bilan kuraşiş emas, xalqni eşitiş va uning ovozini, vakolatini oliş.
Yana, partiyalarning liderlari ham, partiyaning içki ovoz berişi orqali, köpçilik orasidan tanlab olinadi. Partiya liderlari böliş uçun, nomzodlar, jiddiy bellaşadi. Içki erkin va raqobatli saylovlar, praymerizlar orqali şakllangan partiyalar, ruhan töliq erkin, demokratik va raqobatbardoş böladi.













