Rossiya harbiylari jumaga ötar keçasi Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi. Poytaxtga yopirilma hujum ertalabki soat 5 gaça davom etdi. Sönggi ma’lumotlarga köra, 23 kişi jabrlangan, ulardan 14 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Ukraina rasmiylari zarbalar oqibatida Kiyevning temiryöl infratuzilmasi ham şikastlanganini ma’lum qildi.
Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari ma’lumotlariga köra, «Kinjal» aeroballistik raketasini olib yurişga qodir bölgan Rossiyaning MiG-31K qiruvçi samolyotining havoga kötarilişi qayd etilgan. «Duşman raketalaridan foydalaniş xavfi bor», – deya qöşimça qildi havo kuçlari. Keyinroq şaharda portlaş ovozlari eşitildi. Pabliklarda ballistik raketa zarbalari haqida xabar berilmoqda.
Ukraina harbiy-havo kuçlarining kunlik hisobotida aytilişiça, jumaga ötar keçasi Rossiya harbiylari Ukrainaga 539 ta zarbdor dron va yana 11 ta raketa bilan hujum qilgan.
Hujumning asosiy yönalişi Kiyevga qaratildi, deyiladi xabarda.
Şahar rasmiylariga köra, Kiyevning deyarli barça rayonlarida vayrongarçiliklar va yaradorlar bor, yonğinlar avj olmoqda va qutqaruvçilar işlamoqda. Ertalabki soat 8 holatiga köra, 23 kişi yaralangani ma’lum bölgan, şundan 14 nafari kasalxonaga yotqizilgan.
Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçkoning ma’lum qilişiça, poytaxtning Dnepr rayonida turar joy binolari hovlisi va ta’lim muassasasi hududiga uçuvçisiz uçiş apparatlari parçalari qulagan.
Goloseyevskiy rayonida esa parçalar şifoxona ustiga tuşgan.

Parçalar noturar joy bino qurilayotgan hududga tuşişi Kiyevning Solomenskiy rayonida ham qayd etilgan. U yerda yonğin çiqqan. Bu rayonda omborxona binosi va ma’muriy binoda ham yonğin röy bergan.
Meriyaga köra, Svyatoşinskiy rayonida Rossiya droni parçalari omborxona hududiga tuşişi oqibatida yonğin çiqqan.

Şuningdek, parçalar 16 qavatli turar joy binosiga tuşgan, bu yerda avtomobillar yonib ketgan. Xususiy sektorda ham parçalar tuşişi oqibatida yonğin yuzaga kelgan.
Darnitskiy rayonida bir neça oçiq maydonga parçalar qulaşi kuzatilgan.










