Raqobat qömitasi ma’lumotiga köra, davlat buyurtmaçilari tomonidan ötkazilgan boşlanğiç qiymati 18,8 trln söm bölgan 23 mingdan ortiq davlat xaridlari örganib çiqildi. Tahlillar natijasida 16 135 ta savdo jarayonida jami 28 304 ta raqobatga zid harakatlar qayd etildi.
Xususan, 16 017 ta holatda savdolarni ötkaziş tartibi qonun hujjatlariga zid ravişda buzilgan. Şuningdek, 1 145 ta holatda iştirokçilar faoliyatini muvofiqlaştiriş, 801 ta holatda esa savdo iştirokçilarini asossiz ravişda çetlaştiriş holatlari aniqlangan.
Bundan taşqari, 8 647 ta holatda savdolarning ayrim iştirokçilari uçun imtiyozli şart-şaroitlar yaratib berilgani, 685 ta holatda iştirokçilar örtasida, 61 ta holatda esa buyurtmaçi va iştirokçilar örtasida affillanganlik holatlari qayd etilgan. Yana 948 ta holatda boşqa turdagi raqobatga zid harakatlar aniqlangan.
Aniqlangan qonunbuzilişlar huquqni muhofaza qiluvçi hamda boşqa vakolatli organlar bilan hamkorlikda örganilib, 11 427 ta xarid böyiça tegişli organlarga ma’lumotlar taqdim etildi. Şuningdek, 4 708 ta xarid yuzasidan işlar qözğatilib, davlat xaridlari sub’yektlarining mansabdor şaxslariga nisbatan 714 ta ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma rasmiylaştirilib, sudlarga yuborildi.
Qayd etilişiça, qonun buzilişiga yöl qöygan korporativ buyurtmaçilarga nisbatan moliyaviy jarimalar qöllanilib, kelgusida bunday holatlarning oldini oliş böyiça körsatmalar berilgan. Raqobat qömitasi davlat xaridlarida adolatli raqobat muhitini ta’minlaş böyiça monitoring işlarini davom ettirmoqda.







