O‘zbekiston | 10:58 / 14.03.2023
8874
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat mulkini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan olganlar uning to‘langan qismidan foydalanishi mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirish va ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qator normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

  • davlat aktivlarini E-auksion elektron platformasiga chiqarilganda va ularni baholash xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalari tomonidan amalga oshirilganda, baholash hisobotini majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazish talabini bekor qilish;
  • davlat aktivlari bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda, Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha foizlarni hisoblash va to‘langan qismiga davlat aktividan foydalanish huquqini berish tartibini belgilash;
  • savdolarda davlat aktivini sotib olishga 2 oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda narxni bosqichma-bosqich pasaytirib borish (Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiya tomonidan belgilanadigan mexanizmlarga asosan).
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid