Ispaniya Ukrainani qurol va harbiylarni o‘qitish bilan qo‘llab-quvvatlaydi
40 dan ortiq davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan Ukraina mudofaasi bo‘yicha («Ramshtayn» formati) aloqa guruhi yig‘ilishida Ispaniya Ukrainani qurol-yarog‘, humanitar yordam va ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlash orqali qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqladi.
Yaqin kelajakda Madrid Kiyevga Leopard 2A 4 rusumli oltita jangovar tankni, keyinroq esa yana to‘rttasini jo‘natadi, dedi mudofaa vaziri Margarita Robles.
14 mart kuni Ispaniya ushbu uskunani boshqaradigan va ularga xizmat ko‘rsatadigan 55 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlashni yakunladi.
Bundan tashqari, Ukraina M-113 TOA bronetransportyorlarining yangi partiyasini oladi, deya qo‘shimcha qildi Robles.
Avvalroq g‘arb davlatlari Ukrainaga yangi harbiy yordam haqida e’lon qilgandi.
15 mart kuni video-konferensiya orqali Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining «Ramshtayn» formatidagi 10-yig‘ilishda 40 dan ortiq davlat ishtirok etdi.
Uning yakunida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Shvetsiya Kiyevga o‘nta Leopard 2 tanki hamda havo hujumidan mudofaa tizimlari topshirishini ma’lum qildi. U qaysi komplekslar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi. Fevral oyida Stokholm Hawk va IRIS-T tizimlari Ukrainaga o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024