Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yana Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi
18 martga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga ko‘p sonli dronlar bilan hujum qildi. Ko‘plab hududlarda havo trevogasi e’lon qilindi, havo mudofaa tizimi ishlab ketdi. Dnipro mintaqasida uchta UUA urib tushirildi, muhim infratuzilma obektiga zarba berildi.
18 martga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga ko‘p sonli uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi. Kiyev va Kiyev viloyatida, shuningdek, Poltava, Xarkiv, Chernihov, Jitomir, Xerson, Mikolayiv, Rovno, Xmelnitskiy, Ternipil va Lviv viloyatlarida havo trevogasi e’lon qilindi. Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari «Ukrayinska pravda» nashriga rossiyaliklar Shahed dronlari bilan shimoliy va janubi-sharqiy yo‘nalishlardan hujum qilganini tasdiqladi.
Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati aholini «havo hujumi» signali tugaguncha xavfsiz joylarda qolishga chaqirdi. Prezident devonining rahbari Andrey Yermak Telegram'da shunday yozdi: «Balalaykalarni havo hujumidan mudofaa kuchlari urib tushirmoqda. Lekin signalni e’tiborsiz qoldirmang».
Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarining Kiyev, Jitomir, Chernihov va Dnipropetrovsk viloyatlaridagi ishi haqida xabar berilgan. «Vostok» havo qo‘mondonligining xabar berishicha, Dnipropetrovsk viloyati osmonida uchta UUA, taxminan - Shahed-131/136 urib tushirilgan.
Shu bilan birga, Dnipropetrovsk VHM rahbari Sergey Lisak ikki dron Novomoskovsk shahridagi muhim infratuzilma obektiga urilgani va buning natijasida «jiddiy zarar ko‘rilgani» haqida xabar berdi. Avvalroq Novomoskovsk shahri meri Sergey Reznik shaharda portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabar bergan, Ukraina Telegram-kanallari esa «olov ustuni» ko‘tarilgan joydan olingan suratni e’lon qilgan edi.
Kiyevda Ukraina poytaxtiga hujum qilgan barcha kamikadze dronlar yo‘q qilindi. Bu haqda Telegram'da Kiyev shahar harbiy ma’muriyati (ShHM) rahbari Sergey Popko ma’lum qildi. «Dushman yana bir bor Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha Shahed'larni uchirdi, - deb yozadi u. - Bizning havo hujumidan mudofaa kuchlarimiz barcha nishonlarni yo‘q qildi. Biz ularga ajoyib ishlaganliklari uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz. Ayni paytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q. Ma’lumot aniqlashtirilmoqda».
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026