2,6 milliondan ortiq aholi yaşaydigan Çikago – Nyu-York va Los-Anjyeles şaharlaridan keyin AQŞning uçinçi eng yirik şahri hisoblanadi. Katta Çikago aglomeratida 9 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bundan taşqari, şaharning yirik kompaniyalar ofislari joylaşgan markaziy qismi – Manhettendan söng AQŞda eng yirik moliyaviy markaz hisoblanadi.
Şahar Miçigan kölining ğarbiy sohili – Illinoys ştatida joylaşgan, havosi bir munça sovuq, quruq va sovuq şamollar köp kuzatiladi.





Asosan afroamerikaliklar yaşaydigan hududlar kriminogen holat yomonligi tufayli sayyohlar uçun xavfli ekani aytiladi. Asosiy sayyohlik zonalari esa xavfsiz.
Çikagoda jamoat transporti yaxşi rivojlangan, şu bilan birga yaşaş narxlari özi qatoridagi yirik şaharlardagidan ança arzonroq. 1871 yilda sodir bölgan ulkan yonğindan söng Çikago qariyb butunlay qaytadan qurilgan, şaharda ilk osmonöpar binolar paydo bölgan.


































































