Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh fuqarolar mukofotlandi
O‘zbekiston prezidenti “Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan mamlakatda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish orqali fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu tamoyil asosida mahallaning o‘rni va nufuzini yuksaltirish, keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi katta xizmatlari, xalq orasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ko‘p asrlik an’analarni asrab-avaylash, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, farzandlarni vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh fuqarolar mukofotlandi.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Niyetullayev Tengelatdin Seydullayevich - Bo‘zatov tumanidagi «Erkindaryo» ovul fuqarolar yig‘inining keksalar maslahat guruhi faoli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Saidova Dilbar - Sharof Rashidov tumanidagi «Jizzaxlik» mahalla fuqarolar yig‘inining jamoatchilik kengashi faoli, Jizzax viloyati
Saydullayev Saydislom Xabibullayevich - Bo‘ka tumanidagi «Yoqutxon-Said» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Sayfullayev Talip Vaxabovich - Yakkasaroy tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining maslahatchisi, Toshkent shahri
Shaymuratov Ibodulla Aqanovich - Bandixon tumanidagi «Qaldirg‘och» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati
Shomurotov Tavakal Ergashevich - Marhamat tumanidagi «Boboxuroson» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abdullayev Anvarxon Axmadxonovich - Kosonsoy tumanidagi «Ahmadxon hoji Kosoniy» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati
Ashirova Oysara Toirovna - Karmana tumanidagi «Do‘rman» mahalla fuqarolar yig‘inining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kengashi faoli, Navoiy viloyati
Begmuratov Jumabay Nurgeldiyevich - To‘rtko‘l tumanidagi «Oqqamish» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Bo‘ltakov Saydalim - Zafarobod tumanidagi «Lolazor» qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati
Jalilov Shuxrat Umirzakovich - Sardoba tumanidagi «Qo‘rg‘ontepa» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Sirdaryo viloyati
Isroilova Maxfuzaxon Numanovna - Xo‘jaobod tumanidagi «Sanoatchilar» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Andijon viloyati
Narziyeva Gulnora Abdullayevna - Qorovulbozor tumanidagi «Bo‘zachi» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati
Odirov Nurillo Ziyadullayevich - Koson tumanidagi «Esaboy» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qashqadaryo viloyati
Ramazanova Durdona Axmedovna - Yangibozor tumani ayollar maslahat kengashi raisi, «Oqila ayollar» harakati faoli, Xorazm viloyati
Ruziyeva Tatyana Viktorovna - Termiz shahridagi «Temur Termiz servis» professional boshqaruv kompaniyasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Sayfullayev Shuhrat Hoshimovich - Qo‘shrabot tumanidagi «Sohibkor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati
Yulbarsov Akramjon Astanakulovich - Farg‘ona viloyati nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Almatova Uktam Abdullayevna - Sergeli tumanidagi «Birdamlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri
Ziyayeva Zuxra Djabar qizi - Dang‘ara tumanidagi «Arziktepa» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Farg‘ona viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Boboqulova Xolbeka Normuradovna - Chiroqchi tumanidagi «O‘zbekiston» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Qashqadaryo viloyati
Sherimbetova Altinkul Serikbayevna - Tomdi tumanidagi «Qulimbet» oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Zaxidov Elyorbek Toxtasinovich - Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limining jamoat xavfsizligi xizmati profilaktika katta inspektori, Andijon viloyati
Xudayberdiyev Jaxongir Abdullayevich - Quyi Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limining 1-ichki ishlar bo‘linmasi profilaktika katta inspektori, Toshkent viloyati
«Jasorat» medali bilan
Xakimov Azimjon Mamirdjonovich - Farg‘ona tumani «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inidagi poyabzal ta’mirlash ustasi, Farg‘ona viloyati
Yusupov Ulugbek Dolmurotovich - Pastdarg‘om tumani «Zangiboyi» mahalla fuqarolar yig‘inidagi elektr payvandlovchi, Samarqand viloyati
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Allamuratova Sharafat Sharipovna - Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Qoraburo» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Surxondaryo viloyati
Kulmirzayeva Melixol Uzakovna - Qarshi tumanidagi «Tallikuron» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Qashqadaryo viloyati
Yunusova Raxima Lutpitdinovna - Namangan shahridagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi to‘garak rahbari, Namangan viloyati
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Abdurasulov Jo‘rabek Erkinovich - Olot tumani «Xalqobod» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Buxoro viloyati
Qurbonov Ziyodulla Botirovich - Jomboy tumani «Katta qishloq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Samarqand viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Abdimannopov Abdulxafiz Abduxoshimovich - Andijon tumani «Saddatagi» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Andijon viloyati
Ataullayev Odiljon Kasimovich - Nurafshon shahri «Chig‘iriq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati
Jo‘raboyev Xurshid Abduvaliyevich - Nurobod tumani «Jom» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Samarqand viloyati
Imamov Sanjarali Tolkinovich - Chilonzor tumanidagi «Lazzatli taom ziravorlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Norboyev O‘tkurbek Sohataliyevich - Pop tumanidagi «Sohibkor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Namangan viloyati
Raximov Jamshid Orifjonovich - Mingbuloq tumani «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Namangan viloyati
Raximova Nigara Atabekovna - Ellikqal’a tumani «Qirqqizobod» mahalla fuqarolar yig‘inidagi kasb-hunarga o‘qitish markazi ishlab chiqarish ta’limi ustasi, tikuvchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Xolmatov Ibroximjon Uktamovich - Uchko‘prik tumanidagi «Katta Qashqar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Farg‘ona viloyati
Xudayberganova Radxo Allaberganovna - Urganch tumani «Turkmanlar» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati
Hamrayev Homidjon Bozorovich - Xovos tumanidagi «Xovosobod» mahalla fuqarolar yig‘inining jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati
Mavzuga oid
19:56 / 11.11.2024
Aleksey Navalniyning bevasi Magnitskiy nomidagi mukofot laureati bo‘ldi
22:16 / 08.11.2024
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi
14:09 / 02.11.2024
Xitoydagi shaharda kelin 35 yoshdan kichik bo‘lsa, nikohdan o‘tishda hukumat tomonidan pul to‘lanadi
08:50 / 21.09.2024