Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tarovih namozlari vaqtida masjidlar yaqinidagi ko‘chalar yopiladi
Toshkent shahrida tarovih namozlari o‘qiladigan masjidlarda harakat xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida harakat cheklanadigan ko‘chalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Ramazon oyi kechalaridagi tarovih namozlari munosabati bilan har kuni 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi.
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
Bektemir tumani bo‘yicha:
Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
Yashnobod tumani bo‘yicha:
Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi;
Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
Mirobod tumani bo‘yicha:
Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
Qo‘yliq ota masjidi THAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
Sergeli tumani bo‘yicha:
Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Choshtepa 1-tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi (Temir panjara - 20);
No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli–Nug‘ayqo‘rg‘on KHAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;
Yakkasaroy tumani:
Usmon bin Ma’zum masjidi KHAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY-Qushbegi chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;
Yakkasaroy masjidi Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘ibo‘ston chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;
Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
Yangihayot tumani:
Niyozmat ota masjidi THAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi;
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;
Kamolon masjidi Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-Ustazoda 2-tor chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;
Olmazor tumani bo‘yicha:
Hazrati Imom masjidi Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;
Islomobod masjidi KHAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;
Yunusobod tumani bo‘yicha:
Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
Uchtepa tumani bo‘yicha:
Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qa’ni) masjidi Katta Qa’ni aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasiga qadar harakat cheklanadi;
Hazrati Ali masjidi Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-Zamahshariy 1-tor ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi;
Chilonzor tumani bo‘yicha:
Novza masjidi Bunyodkor-Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha qadar harakat cheklanadi;
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi;
Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026