Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududiga ba’zi tovarlarni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanadi - farmon
Aholining xarid qobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash, tovarlar ta’minotining global zanjirlarini diversifikatsiyalash hamda inflatsiya darajasini jilovlash maqsadida yangi farmon imzolandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.
Farmon bilan 2024 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanadigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini respublika hududiga olib kirishda davlat nazoratidan o‘tkazish jarayonining samaradorligini oshirish hamda uni xavfni tahlil qilish tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish va import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan kundalik iste’mol tovarlari ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish vazifasi yuklandi.
Avvalroq, prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda aholi dasturxonining to‘kin-sochinligini o‘ylab, yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha import bojlaridan imtiyoz berilishi ta’kidlangan edi.
Mavzuga oid
20:36 / 04.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi
14:15 / 04.07.2026
Prezident O‘zgarish mahallasida aholi bilan suhbatlashdi
13:49 / 04.07.2026
23 yillik tarixiy tashrif. Gurjiston bilan aloqalarning yaxshilanishi nega muhim?
13:07 / 04.07.2026