Davlat rahbari Sergeli tumanida joylaşgan Global International Hospital xususiy köp tarmoqli tibbiyot markazida bölib, muassasa faoliyati va aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan tanişdi.

30 million dollar investitsiya hisobiga barpo etilgan mazkur markazda aholiga talab yuqori bölgan köplab tibbiy yönalişlar böyiça xizmatlar körsatilmoqda. Muassasa yiliga 150 ming nafardan ortiq bemorga xizmat körsatiş quvvatiga ega bölib, yillik xizmatlar hajmini 15 milliard sömga yetkaziş rejalaştirilgan.

Prezidentga markazning jarrohlik, reanimatsiya va davolaş bölimlari, şuningdek, situatsion markaz faoliyati taqdim etildi.
Loyiha doirasida 250 ta yangi iş örni yaratilgan. Muassasada xorijda malaka oşirgan yuqori malakali mutaxassislar va çet ellik şifokorlar ham faoliyat yuritmoqda. Markaz Buyuk Britaniya, Italiya va Germaniyadan keltirilgan zamonaviy tibbiy jihozlar, jumladan, PHILIPS kompaniyasining ilğor uskunalari bilan jihozlangan.

Davlat rahbari ayrim yönalişlar böyiça uşbu markazni tayanç tibbiyot muassasasiga aylantiriş muhimligini ta’kidlab, bu yerda töplangan ilğor tajriba asosida şifokorlar malakasini oşiriş va zamonaviy tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytiriş yuzasidan mas’ullarga tegişli körsatmalar berdi.

Prezident tibbiyot markazi xodimlari bilan muloqotda xususiy tibbiyotni qöllab-quvvatlaş, aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş va tibbiy turizmni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.













