Oxirgi yillarda Özbekistonning Janubiy Kavkaz mamlakatlari bilan munosabatlari sifat jihatdan yangi bosqiçga kötarildi. Xususan, davlat rahbarining Gurjistonga amalga oşirgan taşrifi davomida özaro munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarildi. Tomonlar tovar ayirboşlaş hajmini 1 mlrd dollarga yetkaziş maqsadini belgiladi. Rasmiy Tbilisi bilan aloqalarning yaxşilanişi geoiqtisodiy mustaqillikni mustahkamlaş, eksport va tranzit yönalişlarini diversifikatsiya qiliş nuqtai nazardan ham juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Özaro aloqalarning rivojlanişi

Özbekiston va  Gurjiston örtasida diplomatik munosabatlar 1994 yil 19 avgustda örnatilgan. 1990 yillarning ikkinçi yarmi siyosiy muloqotning yuqori intensivligi bilan ajralib turadi. 1995 yil sentabr oyida Gruziya parlamenti raisi (keyinçalik prezident ham bölgan) Eduard Şevardnadzening Toşkentga taşrifi muhim voqea böladi. Uşbu taşrif davomida döstlik va hamkorlik töğrisidagi tayanç şartnoma, şuningdek, hozirgi kunga qadar iqtisodiy aloqalarning huquqiy asosi bölib xizmat qilayotgan erkin savdo töğrisidagi bitim imzolandi. 1996 yil may oyida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning Gurjistonga rasmiy taşrifi bojxonani tartibga soliş, ikki tomonlama soliqqa tortişning oldini oliş va havo qatnovi sohalarida me’yoriy-huquqiy bazani şakllantirişga olib keladi.

1999 yilda Özbekiston GUAM (Gurjiston, Ukraina, Ozarboyjon, Moldova) mintaqaviy alyansiga qöşilib, uni GUUAM’ga aylantirdi. Rasmiy Toşkentning asosiy maqsadi Yevropa–Kavkaz–Osiyo transport yölagini rivojlantiriş va erkin savdo zonasini şakllantiriş edi. Biroq uşbu integratsiya davri uzoq davom etmadi. 2003 yilda Gruziyada yuz bergan "Atirgul inqilobi" va possovet hududidagi geosiyosiy özgarişlar ikki tomonlama munosabatlarning keskin sovuqlaşişiga olib keldi. 2003−2005 yillarda Gurjiston, Ukraina va Qirğizistonda sodir bölgan “rangli inqiloblar”dan söng Özbekiston öz taşqi siyosatini özgartira boşladi. Rasmiy Toşkent 2005 yilda GUUAM’ning Kişinyovdagi sammitida iştirok etişdan boş tortdi va uşbu birlaşmadan töliq çiqib ketadi. Şundan keyin ön yildan ortiq vaqt davomida hamkorlikning institutsional mexanizmlari, jumladan, hukumatlararo komissiya majlislari muzlab qoldi. Aloqalar minimal savdo operatsiyalari bilan çeklandi. Şunday bölsa-da, Gurjistonning Toşkentdagi elçixonasi saqlab qolindi, Özbekistonning Gurjistondagi manfaatlari esa mamlakatning Bokudagi elçixonasi orqali himoya qilib kelindi.

Pragmatik şeriklikning tiklanişi